Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, orzu va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining o‘rni va mas’uliyati beqiyosdir.
Mazkur maqolada ingliz va o’zbek tilidagi sifat yasash vositalari, shuningdek, gap tuzilmasida tutgan o’rni, tafovut va o’xshashliklari tahlil qilinadi. Tipologik jihatdan turlicha bo’lgan bu ikki til sifat yasashda turlicha bo’lgan suffisk va affisklardan foydalanadi, o’zbek tilida sifatlar asosan o’zakka affikslar qo’shish orqali yasalib, drajalar ham qo’shimchalar orqali ifodalanadi, ingliz tilida esa sifatlar asosan suffikslar yordamida yasaladi. O’zbek tili agglutinativ bo’lgani uchun sifat yasovchi vositalar so’z oxiriga ketma-ket qo’shilsa, ingliz tilida sifat darajalari ya’ni qiyosiy va orttirma darajalarning bo’g’in soniga qarab turlicha shakllandi. Mazkuz tadqiqot ikki tilning qiyosiy tahlili orqali sifat yasalishidagi umumiy va farqli jihatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lib, bu farqlarni aniqlash til birliklarining funksional xususiyatlarini chuqurroq tushunishga imkon beradi.
Mazkur maqolada o‘pka saratonining hududiy-epidemiologik tarqalishi, kasallikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari hamda erta tashxislashning zamonaviy imkoniyatlari Xorazm viloyati misolida tadqiq etilgan. Unda 2020–2025-yillarga oid e’lon qilingan klinik ma’lumotlar asosida bemorlarning kasallik bosqichlari bo‘yicha taqsimlanishi, profilaktik tekshiruvlarning ahamiyati va diagnostika jarayonidagi mavjud muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro ilmiy tadqiqotlar va klinik tavsiyalar asosida past dozali kompyuter tomografiyasi, bronxoskopiya, gistologik hamda molekulyar-genetik diagnostikaning o‘pka saratonini erta aniqlashdagi o‘rni yoritilgan.
Ushbu maqolada yuridik faktlar tushunchasi, ularning tarixan shakllanishi, huquqiy munosabatlar vujudga kelishi, oʻzgarishi va tugatilishidagi oʻrni hamda ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, yuridik faktlarning klassifikatsiyasi (voqealar va harakatlar), ularning fuqarolarning huquq va majburiyatlariga hamda davlatdagi huquqiy tartibotga taʼsiri yoritiladi.
Mazkur maqolada yoshlar orasida jinoiy xulq-atvorning shakllanishi bilan bog‘liq psixologik xavf va himoya omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Jinoiy xulq-atvorni tushuntirishda individual xususiyatlar, jumladan, impulsivlik, o‘zini nazorat qilish qobiliyati va hissiy boshqaruv bilan bir qatorda, oilaviy munosabatlar, tengdoshlar ta’siri hamda ijtimoiy muhitning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, ijobiy ijtimoiy aloqalar va ta’lim muhiti kabi himoya omillarining jinoiy xulq-atvor xavfi bilan munosabati ko‘rib chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi yoshlar orasida jinoiy xulq-atvorning shakllanishida psixologik xavf va himoya omillarining o‘zaro ta’sirini tahlil qilish, ayrim yoshlarning jinoiy xulq-atvorga moyilligini kuchaytiruvchi hamda bunday xulq-atvorning oldini olishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlashtirishdan iborat.