O‘PKA SARATONINING HUDUDIY-EPIDEMIOLOGIK TARQALISHI VA ERTA TASHXISLASHNING ZAMONAVIY STRATEGIYALARI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)

14.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11

Abstract. Mazkur maqolada o‘pka saratonining hududiy-epidemiologik tarqalishi, kasallikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari hamda erta tashxislashning zamonaviy imkoniyatlari Xorazm viloyati misolida tadqiq etilgan. Unda 2020–2025-yillarga oid e’lon qilingan klinik ma’lumotlar asosida bemorlarning kasallik bosqichlari bo‘yicha taqsimlanishi, profilaktik tekshiruvlarning ahamiyati va diagnostika jarayonidagi mavjud muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro ilmiy tadqiqotlar va klinik tavsiyalar asosida past dozali kompyuter tomografiyasi, bronxoskopiya, gistologik hamda molekulyar-genetik diagnostikaning o‘pka saratonini erta aniqlashdagi o‘rni yoritilgan.

Keywords: o‘pka saratoni, hududiy epidemiologiya, Xorazm viloyati, erta tashxislash, past dozali kompyuter tomografiyasi, onkologik skrining, xavf omillari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor