YOSHLAR ORASIDA JINOIY XULQ-ATVORNING SHAKLLANISHI: PSIXOLOGIK XAVF VA HIMOYA OMILLARINING O‘ZARO TA’SIRI

14.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11

Abstract. Mazkur maqolada yoshlar orasida jinoiy xulq-atvorning shakllanishi bilan bog‘liq psixologik xavf va himoya omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Jinoiy xulq-atvorni tushuntirishda individual xususiyatlar, jumladan, impulsivlik, o‘zini nazorat qilish qobiliyati va hissiy boshqaruv bilan bir qatorda, oilaviy munosabatlar, tengdoshlar ta’siri hamda ijtimoiy muhitning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, ijobiy ijtimoiy aloqalar va ta’lim muhiti kabi himoya omillarining jinoiy xulq-atvor xavfi bilan munosabati ko‘rib chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi yoshlar orasida jinoiy xulq-atvorning shakllanishida psixologik xavf va himoya omillarining o‘zaro ta’sirini tahlil qilish, ayrim yoshlarning jinoiy xulq-atvorga moyilligini kuchaytiruvchi hamda bunday xulq-atvorning oldini olishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlashtirishdan iborat.

Keywords: yoshlar, jinoiy xulq-atvor, psixologik xavf omillari, himoya omillari, impulsivlik, o‘zini nazorat qilish, oilaviy munosabatlar, tengdoshlar ta’siri, ijtimoiy muhit, psixologik profilaktika.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor