SUV TANQISLIGI SHAROITIDA SHOLI (ORYZA SATIVA L.) BAYROQ BARGIDA TRANSPIRATSIYA VA QURUQ MODDA TO‘PLANISH FIZIOLOGIYASI

Maqolada suv tanqisligi sharoitida sholining (Oryza sativa L.) “Sadaf” va “Lazurniy” navlarining gullash davridagi bayroq bargi suv rejimi ko‘rsatkichlari (umumiy suv miqdori, transpiratsiya jadalligi, suv saqlash qobiliyati) hamda quruq biomassa to‘planishi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikkala navda ham umumiy suv miqdori yuqori va teng darajada (94,2–94,3%) saqlangani holda, “Sadaf” navida transpiratsiya jadalligi (398,5 mg H₂O/g·soat) va suv ushlash xususiyati (suv yo‘qotish ko‘rsatkichi 55,2%) “Lazurniy” naviga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. “Lazurniy” navi esa bayroq bargining quruq og‘irligi (14,1 mg) bo‘yicha ustunlik ko‘rsatib, yuqori agrofon va maqbul sug‘orish tartibiga talabchan intensiv nav sifatida tavsiflanadi. “Sadaf” navi esa kuchli ildiz tizimi va morfo-fiziologik moslashuvchanligi hisobiga suv tanqisligi stressiga yuqori bardoshlilik namoyon etdi.


24.10.2026 Volume Issue View more Download
IQTISODIY O`SISH SUR`ATLARINI STATISTIK TAHLIL QILISH VA BASHORATLASH (O'ZBEKISTON MISOLIDA)

Maqolada O’zbekistonda 2010–2025 yillardagi iqtisodiy o’sish sur’atlari statistik usullar yordamida tahlil qilinib, yaqin yillar uchun bashorat qilingan. Tadqiqotda Jahon banki WDI bazasi ma’lumotlaridan foydalanildi. Tahlil jarayonida tavsifiy statistika, vaqt qatorlarining statsionarligini tekshirish (ADF testi) va ARIMA modeli qo’llanildi. Natijalar o’sish dinamikasi pandemiya davrida keskin pasayganini, keyinchalik tiklanganini va yaqin yillarda o’sish sur’ati o’rtacha daraja atrofida saqlanib qolishini ko’rsatdi. Olingan natijalar iqtisodiy siyosatni rejalashtirishda va o’rta muddatli prognozlar tuzishda foydalanilishi mumkin.


24.10.2026 Volume Issue View more Download
OLIY TA’LIM TALABALARIDA AXBOROT MADANIYATI VA MEDIASAVODXONLIKNI MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA OPTIMALLASHTIRISH MEZONLARI

Mazkur ilmiy maqolada raqamli transformatsiya va umumiy axborotlashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot madaniyati hamda mediasavodxonlikni mustaqil ta’lim jarayonida optimallashtirishning nazariy-metodik asoslari kompleks holda tahlil qilinadi. Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning tanqidiy fikrlashini o'stirish, axborot ishonchliligini baholash ko‘nikmalarini shakllantirish, elektron ta’lim resurslaridan maqsadli foydalanish va akademik halollik tamoyillarini ta’minlash masalalari ilmiy manbalar hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida keng yoritilgan. Tadqiqot natijasida talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tizimli tashkil etish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy baholash mezonlari hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.


24.10.2026 Volume Issue View more Download
AVITAMINOZ VA GIPOVITAMINOZ: FARQLAR VA SALOMATLIKDAGI O’RNI

Inson organizmi normal ishlashi, energiya almashinuvi va kasalliklarga qarshi kurashishi uchun vitaminlar suvdek zarur. Biroq, ko‘pincha ovqatlanish tartibsizligi yoki mavsumiy o‘zgarishlar tufayli vitamin yetishmovchiligi yuzaga keladi. Bu holat tibbiyotda gipovitaminoz va avitaminoz tushunchalari bilan farqlanadi.


24.10.2026 Volume Issue View more Download
ANTIBIOTIC USE IN ACUTE RHINOSINUSITIS: A NARRATIVE REVIEW OF CLINICAL PRACTICE GUIDELINES AND ANTIMICROBIAL STEWARDSHIP

Background: Acute rhinosinusitis is commonly associated with viral respiratory infections. Distinguishing viral from acute bacterial rhinosinusitis (ABRS) can be difficult and may contribute to unnecessary antibiotic use and antimicrobial resistance.


24.10.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor