Maqolada xodimlarni tanlash va ishga qabul qilishda sun’iy intellektdan foydalanish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan algoritmik tarafkashlik, uning sabablari hamda mehnat huquqlariga ta’siri tahlil qilinadi. Xorijiy amaliyot, xususan Amazon va iTutorGroup holatlari asosida avtomatlashtirilgan qarorlarning kamsituvchi natijalarga olib kelish xavfi ochib beriladi. O‘zbekiston qonunchiligi asosida algoritmik audit, shaffoflik, inson nazorati va ish beruvchining javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Mazkur maqolada yoshlar orasida jinoiy xulq-atvorning shakllanishi bilan bog‘liq psixologik xavf va himoya omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Jinoiy xulq-atvorni tushuntirishda individual xususiyatlar, jumladan, impulsivlik, o‘zini nazorat qilish qobiliyati va hissiy boshqaruv bilan bir qatorda, oilaviy munosabatlar, tengdoshlar ta’siri hamda ijtimoiy muhitning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, ijobiy ijtimoiy aloqalar va ta’lim muhiti kabi himoya omillarining jinoiy xulq-atvor xavfi bilan munosabati ko‘rib chiqiladi. Maqolaning asosiy maqsadi yoshlar orasida jinoiy xulq-atvorning shakllanishida psixologik xavf va himoya omillarining o‘zaro ta’sirini tahlil qilish, ayrim yoshlarning jinoiy xulq-atvorga moyilligini kuchaytiruvchi hamda bunday xulq-atvorning oldini olishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlashtirishdan iborat.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, orzu va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining o‘rni va mas’uliyati beqiyosdir.
Ushbu maqolada yuridik faktlar tushunchasi, ularning tarixan shakllanishi, huquqiy munosabatlar vujudga kelishi, oʻzgarishi va tugatilishidagi oʻrni hamda ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, yuridik faktlarning klassifikatsiyasi (voqealar va harakatlar), ularning fuqarolarning huquq va majburiyatlariga hamda davlatdagi huquqiy tartibotga taʼsiri yoritiladi.
В работе рассматриваются правовые и практические аспекты выплаты вознаграждения адвокату и защиты интересов доверителя при досрочном прекращении соглашения об оказании юридической помощи. Особое внимание уделяется договорной природе отношений между адвокатом и доверителем, определению объёма фактически оказанной юридической помощи, порядку компенсации расходов и правовым последствиям прекращения договорных обязательств. Анализируются проблемы, возникающие при отсутствии чётко определённого механизма взаиморасчётов между сторонами. На основе изучения законодательства Республики Узбекистан и научных подходов рассматриваются возможные способы обеспечения баланса интересов адвоката и доверителя. По результатам исследования формулируются практические предложения, направленные на совершенствование условий соглашения и предупреждение споров при его досрочном прекращении.