International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



INVESTITSIYA DASTURLARINING SAMARALI IJROSI UCHUN INDIKATORLAR TIZIMINI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada investitsiya dasturlarining samarali ijrosini ta'minlashda indikatorlar tizimini shakllantirish zarurati va ahamiyati tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan davlat va xususiy investitsiya loyihalarining monitoringi samaradorligini oshirish uchun yagona va tizimli indikatorlar bazasini yaratish dolzarb muammo sifatida ko‘rib chiqilgan. Muallif tomonidan investitsiya dasturlarini baholashda moliyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik va ekologik indikatorlarning turlari aniqlanib, ularning har birining amaliy ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, indikatorlar tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan, xususan, axborot texnologiyalarini keng qo‘llash, xalqaro standartlarga moslashtirish va mustaqil audit mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish zarurligi asoslab berilgan. Maqola natijalari investitsiya siyosatini boshqarish va baholashda yangi yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.


10.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH ASOSLARI

Ushbu maqolada mehnat shartnomasini bekor qilishning huquqiy asoslari, tartib-qoidalari hamda mehnat qonunchiligida belgilangan me'yorlar chuqur tahlil qilinadi. Mehnat munosabatlarining muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan shartnomani bekor qilish jarayoni, xodim va ish beruvchi huquq va majburiyatlari, shuningdek, bekor qilishning tashabbuskor tomoniga qarab yuzaga keladigan huquqiy oqibatlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada ish beruvchining tashabbusi bilan, xodimning arizasiga ko‘ra va tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida shartnoma bekor qilinishi holatlari amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi normalari asosida tahlil etiladi. Shuningdek, mehnat shartnomasining noqonuniy bekor qilinishi holatlari va ularning oldini olish mexanizmlari ham yoritilgan. Mazkur maqola mehnat huquqi sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan talabalar, yuridik sohasi mutaxassislari hamda ish beruvchilar uchun foydali ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.


10.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
JÍNAYÍY QÍLMÍS HÁM AQÍBET ARASÍNDAǴÍ SEBEPLI BAYLANÍS

Maqala «Jınayıy qılmıs hám aqıbet arasındaǵı sebepli baylanıs» temasın úyreniwge qaratılǵan bolıp, jınayat hám onıń aqıbetleri arasındaǵı óz-ara baylanıslardı analiz etedi. Jınayatlardı islewge sebep bolatuǵın sociallıq, ekonomikalıq hám psixologiyalıq faktorlar, sonday-aq, jınayattıń jámiyetke tásiri hám onıń aqıbetleri túsindiriledi. Maqalada, sonday-aq, sırt el tájiriybelerine tiykarlanıp, jınayatshılıqtıń aldın alıw hám aqıbetlerin azaytıw ushın sociallıq sistemalardıń rolin úyreniw, jınayat hám jazalar arasındaǵı sebepli baylanıstı túsiniwge járdem beredi. Ózbekstan Respublikası hám basqa da rawajlanǵan mámleketlerdiń huqıqıy sistemalarındaǵı qatnaslar da usınılıp, jınayat hám onıń aqıbetleri arasındaǵı sebepli baylanıstı azaytıw ushın nátiyjeli ilajlar keltiriledi.


10.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
MODERNIZATION OF NATIONAL CURRICULA: IMPACT ON PRIMARY EDUCATION

Modernizing national curricula has become a global priority in the effort to prepare young learners for the demands of the 21st century. This article explores how curriculum modernization affects primary education, focusing on changes in content, pedagogy, assessment, and equity. It considers both the opportunities and challenges associated with implementing modern educational frameworks, especially in the context of technological advancement and diverse learner needs. The article concludes that while modernization brings numerous benefits—including enhanced engagement, digital literacy, and inclusiveness—it must be carefully managed to ensure that all students benefit equally.


10.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
СТОМАТОЛОГИЯНИНГ ТАРИХИЙ РИВОЖЛАНИШИ: ЖАҲОН ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ ВА МИЛЛИЙ МОДЕЛЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОСЛИГИ

Мақолада стоматология фанининг ривожланиш босқичлари, унинг жаҳон цивилизациясидаги ўрни ва Ўзбекистонда шаклланган миллий хусусиятлари илмий-тарихий нуқтаи назардан таҳлил қилинади. Миср, Ҳинд, Хитой ва Ислом цивилизациясидаги стоматологик анъаналар, Ибн Синонинг мероси, Россия ва Европа тиббиёти таъсири, мустақилликдан кейинги ислоҳотлар ва рақамли стоматологиянинг замонавий босқичлари атрофлича ёритилади. Шунингдек, миллий стоматология моделини шакллантиришда таълим, илмий изланиш ва халқ табобатининг аҳамияти муҳокама қилинади.


10.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor