Mazkur maqolada O‘zbekistonda professional musiqa san’atining shakllanishi va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. O‘zbek xalqining qadimiy musiqa an’analari, maqom san’ati, xalq ijrochiligi hamda XX asr boshlarida professional musiqa ta’limi va kompozitorlik ijodining shakllanishi masalalari yoritiladi. Shuningdek, milliy musiqa an’analari bilan Yevropa musiqa tajribasining o‘zaro ta’siri, opera, simfonik, kamer va xor musiqasi janrlarining rivojlanishi hamda zamonaviy professional musiqa san’atining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.
Mazkur ilmiy maqolada raqamli transformatsiya va umumiy axborotlashuv sharoitida oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot madaniyati hamda mediasavodxonlikni mustaqil ta’lim jarayonida optimallashtirishning nazariy-metodik asoslari kompleks holda tahlil qilinadi. Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning tanqidiy fikrlashini o'stirish, axborot ishonchliligini baholash ko‘nikmalarini shakllantirish, elektron ta’lim resurslaridan maqsadli foydalanish va akademik halollik tamoyillarini ta’minlash masalalari ilmiy manbalar hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida keng yoritilgan. Tadqiqot natijasida talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tizimli tashkil etish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy baholash mezonlari hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Uychi tumani Bo‘ston mahallasida ham yoshlar bilan ishlashda zamonaviy va amaliy yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “1 oy – 4 mahalla” loyihasi doirasida yoshlarning qiziqishlari, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli ma’naviy-ma’rifiy, sport, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Yoshlar orasida yurak-qon tomir kasalliklari xavfi tobora oshib bormoqda. Asosiy xavf omillari — arterial gipertenziya, ortiqcha vazn yoki semizlik va psixoemotsional stress — yurak ritm buzilishlarini keltirib chiqaradi, bu esa uzoq muddatda surunkali yurak yetishmovchiligi, aritmiyalar va boshqa jiddiy yurak-qon tomir patologiyalariga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada yoshlar orasida yurak ritm buzilishlari bilan bog‘liq xavf omillari, ularning mexanizmlari, klinik namoyon bo‘lishi, epidemiologik ko‘rsatkichlari hamda oldini olish va profilaktika choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlar orasida arterial gipertenziya va semizlik kuzatilgan hollarda ritm buzilishlari xavfi sezilarli darajada oshadi, psixoemotsional stress esa yurak faoliyatiga qo‘shimcha salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollikni oshirish, stressni kamaytirish va muntazam tibbiy ko‘riklar orqali yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan. Ushbu yondashuvlar yoshlar salomatligini yaxshilash va ularning hayot sifatini oshirishga yordam beradi.