Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Qo‘qon shahrining tarixiy merosini asrash, hunarmandchilik an’analarini davom ettirish va zamonaviy shahar infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tarixiy obidalarni tiklash hamda shaharni rekonstruksiya qilishga oid davlat dasturlari, xalqaro hunarmandchilik festivallari va ularning turizm rivojidagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ustoz-shogird an’anasi, sayyohlik xizmatlari sifati va xorijiy tillarda ishonchli axborot taqdim etishning ahamiyati ochib berilgan. Rasmiy ko‘rsatkichlarni baholashda ularning manbasi va hisoblash usulini hisobga olish zarurligi ta’kidlangan. Maqolada Qo‘qonning tarixiy o‘ziga xosligini saqlash va zamonaviy ehtiyojlarini uyg‘unlashtirish muhimligi xulosa qilingan.
Maqolada raqamli muhitda oliy ta’lim xizmatlari brend-menejmentining nazariy asoslari, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi raqobat sharoitlari va oliy ta’lim tashkilotlari (OTM) brendini boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Tahlil mamlakatda internet qamrovi 89,0 foizga yetgani, ijtimoiy tarmoq auditoriyasi bir yilda 41,7 foizga o‘sgani va OTMlar soni 215 taga yetganini ko‘rsatdi. OTM brendini boshqarishning olti bosqichli sikl modeli taklif etildi, raqamli brendni baholash uchun ERR, ER, SOV, NPS ko‘rsatkichlari va integral raqamli brend indeksi ifodalari keltirildi. Shartli OTM misolida kompleks choralar integral indeksni 0,44 dan 0,80 gacha oshirishi mumkinligi hisoblab ko‘rsatildi.
Alisher Navoiy ijodiy merosi o‘zbek mumtoz adabiyotining bebaho ma’naviy boyligi bo‘lib, unda insoniylik, muhabbat, sadoqat, ezgulik va komillik kabi umuminsoniy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan ifodalangan. Buyuk mutafakkirning adabiy merosini chuqur o‘rganish, undagi ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni yosh avlod ongiga singdirish bugungi adabiyotshunoslikning muhim vazifalaridan biridir. Shu nuqtayi nazardan, Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibiga kiruvchi “Layli va Majnun” dostoni alohida ilmiy va badiiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada dostondagi asosiy va yordamchi obrazlarning badiiy tavsifi, ularning xarakter xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari hamda asar g‘oyasini ochib berishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, Qays (Majnun), Layli, Navfal, Ibn Salom va Zayd obrazlari misolida muhabbat, sadoqat, ruhiy iztirob, ijtimoiy tengsizlik va ma’naviy kamolot masalalari yoritiladi. Shuningdek, obrazlarning ramziy-majoziy mazmuni, ularning tasvirida qo‘llanilgan badiiy vositalar va Navoiy ijodiy mahoratining o‘ziga xos jihatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Maqolada obrazlar tizimi orqali dostonda ilgari surilgan insonparvarlik va pok muhabbat g‘oyalarining badiiy ifodasi ochib beriladi.
Ushbu maqolada tuproq shorlanishining sabablari, turlari va darajalari, shorlanishning qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligiga ta'siri hamda shorlangan yerlarni yaxshilash usullari, jumladan, organik o'g'itlardan foydalanish haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy axborot jamiyatida o'smirlar o'rtasida kiberbulling, ya’ni raqamli ta'qib va zo'ravonlik hodisasining huquqiy tartibga solinishi, jinoiy hamda ma'muriy javobgarlik masalalari va profilaktik mexanizmlar kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy hamda normativ-tahliliy metodlardan foydalanilgan holda, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasi, Buyuk Britaniya, AQSh, Janubiy Koreya, Singapur hamda Indoneziya huquqiy tizimlari qiyosiy o'rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston milliy qonunchiligida kiberbullingning normativ ta'rifi va unga qarshi maxsus sui generis qonun hujjatining mavjud emasligi huquqni qo'llash amaliyotida muammolarni keltirib chiqarmoqda. Maqolada o'smirlarga nisbatan retributiv (jazolash) yondashuvdan ko'ra restorativ (tiklovchi) odil sudlov modelini qo'llash, ijtimoiy platformalar mas'uliyatini oshirish hamda ta'lim muassasalarida raqamli gigiyena va media savodxonlik profilaktikasini institutlashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.