Mazkur maqolada ingliz va o’zbek tilidagi sifat yasash vositalari, shuningdek, gap tuzilmasida tutgan o’rni, tafovut va o’xshashliklari tahlil qilinadi. Tipologik jihatdan turlicha bo’lgan bu ikki til sifat yasashda turlicha bo’lgan suffisk va affisklardan foydalanadi, o’zbek tilida sifatlar asosan o’zakka affikslar qo’shish orqali yasalib, drajalar ham qo’shimchalar orqali ifodalanadi, ingliz tilida esa sifatlar asosan suffikslar yordamida yasaladi. O’zbek tili agglutinativ bo’lgani uchun sifat yasovchi vositalar so’z oxiriga ketma-ket qo’shilsa, ingliz tilida sifat darajalari ya’ni qiyosiy va orttirma darajalarning bo’g’in soniga qarab turlicha shakllandi. Mazkuz tadqiqot ikki tilning qiyosiy tahlili orqali sifat yasalishidagi umumiy va farqli jihatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lib, bu farqlarni aniqlash til birliklarining funksional xususiyatlarini chuqurroq tushunishga imkon beradi.
This article covers the pedagogical, physiological and methodological aspects of scientific planning and management of training loads for young gymnasts during the pre-competition preparation period. Special attention is paid to ensuring the harmony of the components of physical, technical, tactical and psychological preparation during sports training, determining the volume and intensity of loads in accordance with the individual characteristics of athletes. Also, methodological approaches aimed at preventing fatigue during the pre-competition preparation stage, effectively organizing recovery processes, monitoring training loads and increasing sports performance are analyzed. Scientific and methodological recommendations are developed to ensure optimal preparation of young gymnasts for competitive activities.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, orzu va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining o‘rni va mas’uliyati beqiyosdir.
Ushbu maqolada yuridik faktlar tushunchasi, ularning tarixan shakllanishi, huquqiy munosabatlar vujudga kelishi, oʻzgarishi va tugatilishidagi oʻrni hamda ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, yuridik faktlarning klassifikatsiyasi (voqealar va harakatlar), ularning fuqarolarning huquq va majburiyatlariga hamda davlatdagi huquqiy tartibotga taʼsiri yoritiladi.
Maqolada koʻrishida nuqsoni boʻlgan sportchilarni para dzyudo mashgʻulotlariga tayyorlashning pedagogik va metodik asoslari tahlil qilinadi. Texnik-taktik koʻnikmalarni shakllantirish, taktil va eshitish orqali axborot berish, muvozanatni rivojlantirish, xavfsiz yiqilish, individual yuklama va sportchining funksional holatini nazorat qilish masalalariga eʼtibor qaratiladi. Mashgʻulotlarni moslashtirish sportchining koʻrish imkoniyati, avvalgi tajribasi, harakat malakasi va tibbiy tavsiyalarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozimligi asoslanadi. Ikki metodik jadvalda mashgʻulot komponentlari va bosqichma-bosqich nazorat mezonlari umumlashtirilgan. Ish ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahliliga asoslangan boʻlib, yangi tajriba natijalari sifatida taqdim etilmaydi.