Mazkur maqola Bronza davrida Sopollitepa madaniyatining arxeologik va madaniy xususiyatlarini, qo‘shni mintaqalar bilan o‘zaro aloqalarini yoritishga bag‘ishlangan. Tadqiqot Sopollitepa yodgorligi va Markaziy Osiyo hududidagi boshqa qadimiy manzilgohlar o‘rtasidagi o‘xshashliklarni qiyosiy o‘rganadi. Ular orasidagi etnik va madaniy aloqalar, xususan, sopol, metall buyumlar va dafn marosimlaridagi o‘xshashliklar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari, ushbu madaniyatlarning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanganligini ko‘rsatib, o‘zaro madaniy aloqalar va ta’sir jarayonlarini yanada chuqurroq anglashga imkon beradi.
В настоящее время одной из актуальных проблем является повышение эффективности систем разработки месторождений природных газов, вступающих в завершающий период эксплуатации. На заключительной стадии разработки месторождений остаточные запасы газа относят к трудно извлекаемым по геолого-технологическим и экономическим критериям, а добываемый газ к низконапорному по энергетическим и экономическим показателям.
Ushbu maqolada Tijorat banklari va kriptovalyutalarining birlashishi raqamli iqtisodni va moliyaviy ekotizimni rivojlantirishdagi o’rni, foydali va zararli tomonlari ko’rib chiqilgan. Mamlakatimizda bu birlashish mamlakat iqtisodiyoti, bank sohasini yanada rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirishda qanday yo’llarni ochishi o’rganilgan. Bu birlashishda Markaziy bank o’rni qanday, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy yo’llarida qanday o’zgarish bo’lishlari haqida fikr yuritiladi.
O‘zbek kino san’atining paydo bo‘lishining dastlabki davrlaridan to hozirgi vaqtgacha bo‘lgan davri yoritilgan bo‘lib ular orasidan o‘zbek tarixiy kino san’atining ajralib chiqishi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. O‘tgan asrda yaratilgan mashhur tarixiy filmlarning mustaqillik yillarida yaratilgan filmlardan farqli jihatlari borasida fikrlar yuritiladi. So‘ngi yillarda yaratilayotgan tarixiy filmlarning boshqa filmlardan farqli tomonlari aytib o‘tiladi.