TUG‘RUQDAN KEYINGI PSIXOZ: ONA VA BOLA HAYOTIGA XAVF SOLUVCHI RUHIY BUZILISH

Tug‘ruqdan keyingi psixoz (postpartum psychosis) - bu perinatal davrda uchraydigan og‘ir psixiatrik holat bo‘lib, onaning adekvat ong holatini yo‘qotishi, gallyutsinatsiyalar, deliriy va xatti-harakatlar buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi psixozning klinik ko‘rinishlari, sabablari, oqibatlari, xalqaro tajriba va O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilik doirasidagi yondashuvlar tahlil qilinadi.


29.05.2025 Volume Issue View more Download
ABUL QOSIM MAHMUD IBN UMAR ZAMAXSHARIYNING “AL-MUFASSAL” KITOBIDAGI حرف جر

Ushbu maqolada arab tilshunosligining rivoji uchun katta hissa qo‘shgan yurtdoshimiz Mahmud Zamaxshariy, uning hayoti va ijodi asarlari asosan “Al- Mufassal” kitobi xususida yoritiladi. Asar qayerda yozilganligi qanday tartibda berilganligi ya’ni ketma-ketligi haqida fikr yuritiladi. Shuning حرف جر lar haqida ham qisqacha aytib o‘tilgan.


29.05.2025 Volume Issue View more Download
ISLOM VA EKOLOGIYA: QUR’ONI KARIMDA TABIATGA MUNOSABAT

Mazkur maqolada islom dinida tabiat va atrof-muhitga bo‘lgan munosabatning Qur’oni karim asosidagi tahlili yoritiladi. Qur’oni karim oyatlari asosida insonning tabiat oldidagi mas’uliyati, ekologik muvozanatni saqlash borasidagi ilohiy ko‘rsatmalar, isrofgarchilik va ifloslantirishdan tiyilish kabi tamoyillar ilmiy asosda yoritiladi.


29.05.2025 Volume Issue View more Download
O'QUVCHILARDA YOZMA NUTQ KO'NIKMASINI SHAKILLANTIRISH BO'YICHA METODIK QO'LLANMA

Ushbu maqolada o‘quvchilarda yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi va samarali usullari ko‘rib chiqilgan. Yozma nutq o‘quvchilarning fikrlarini yozma shaklda aniq va ravon ifodalash imkoniyatini yaratadi. Maqolada yozma nutqni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari, metodologik asoslari va o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan usullar tahlil qilingan. Shuningdek, yozma nutq ko‘nikmasini baholash mezonlari va o‘quvchilarning yozma ishlari sifatini yaxshilash yo‘llari haqida ilmiy ma’lumotlar berilgan. Tadqiqotda ikki xil jadval yordamida o‘quvchilarning yozma nutq darajasi o‘rganilib, samarali metodlarning ta’siri ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari pedagoglarga amaliy tavsiyalar berishga qaratilgan.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
STEAM YONDASHUVI ASOSIDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING AFZALLIKLARI

Ushbu maqolada ta’lim tizimi jarayonidagi STEAM texnologiyasi dasturi haqida ma’lumotlar yoritilgan. Bundan tashqari, boshlang’ich sinflarda STEAM yondashuvi asosida integratsiyalashgan ta’limning afzalliklari va erishiladigan yutuqlari haqida mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’limda STEAM yondashuvi orqali o’quvchilarning amaliy bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish, ta’limni hayot bilan bog’lash imkoniyatlari ochib beriladi.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor