Mazkur maqolada muzey fondlarining jamiyat hayotidagi o‘rni, tarixiy va madaniy merosni saqlashdagi ahamiyati hamda eksponatlarni saqlash, tadqiq etish va namoyish qilish tamoyillari ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, muzey fondlarini shakllantirish, ularni ilmiy ro‘yxatga olish, restavratsiya qilish va zamonaviy texnologiyalar asosida muhofaza etish masalalari tahlil qilingan. Muzey fondlari orqali xalqning moddiy va ma’naviy merosi kelajak avlodlarga yetkazilishi asoslab berilgan.
Mazkur maqolada o‘zbek milliy musiqa merosining yoshlar ma'naviy-estetik tarbiyasidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, shashmaqom, folklor qo‘shiqlari va baxshichilik san’atining yosh avlodning ma'naviy dunyoqarashi, milliy qadriyatlarga hurmati, estetik didi hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, milliy musiqa namunalari yoshlarning ma'naviy kamoloti va milliy o‘zligini anglashida muhim vosita sifatida xizmat qilishi aniqlangan.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni, uning tarkibiy elementlari hamda kambag‘allikni kamaytirishdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati keng tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda global iqtisodiy rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), internet tarmoqlari, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (big data), elektron platformalar va mobil texnologiyalar asosida shakllangan yangi iqtisodiy muhitni ifodalaydi. Ushbu tizim an’anaviy iqtisodiyotdan farqli ravishda tezkorlik, shaffoflik va yuqori samaradorlik bilan ajralib turadi.
Мазкур мақолада озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлигини таъминлашда ISO 22000 халқаро стандартининг аҳамияти, унинг асосий талаблари ва озиқ-овқат занжирининг барча босқичларида хавфларни бошқаришдаги ўрни таҳлил қилинган. Шунингдек, ISO 22000 стандартининг HACCP тизими билан уйғунлиги, маҳсулот сифати ва хавфсизлигини таъминлашдаги афзалликлари ҳамда озиқ-овқат саноати корхоналарида жорий этишнинг иқтисодий самарадорлиги ёритилган. Тадқиқот натижалари мазкур стандартни қўллаш орқали истеъмолчилар саломатлигини муҳофаза қилиш, маҳсулот рақобатбардошлигини ошириш ва экспорт салоҳиятини кучайтириш мумкинлигини кўрсатади.
This scientific article discusses the biological significance of enzymes, their functions in living organisms, and their role in metabolic processes. Enzymes are of great importance as biological catalysts that accelerate biochemical reactions occurring in the organism. The article provides detailed information about the structure, properties, classification, mechanism of action, and application of enzymes in medicine, the food industry, and biotechnology. In addition, scientific analyses are presented regarding the role of enzymes in maintaining human health and diseases associated with enzyme deficiency.