FRANSUZ MAQOLLARIDA "MAMOT" KONSEPTINING MAKROKONSEPTLARI TAHLILI

30.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4

Abstract. Ushbu maqolda fransuz tilidagi o'limga oid paremiologik birliklarning kognitiv-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda fransuz maqollaridagi "mamot" (o'lim) konsepti makrokonseptlar tizimi asosida o'rganiladi. Muqarrarlik, hayot va o'lim zidligi, qo'rquv va psixologiya, jasorat va erkinlik, sabab va oqibat, axloq va hayot sifati, donolik va falsafa, vaqt va qarish, xotira va meros, tinchlik va yakun, biologik yakun, o'tish, yo'qotish va hissiyot, sharaf va qadriyat, tenglik va adolat kabi o'n besh makrokonsept aniqlangan. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, fransuz paremiologiyasida o'lim nafaqat biologik hodisa, balki falsafiy, axloqiy, ijtimoiy va madaniy kategoriya sifatida idrok etiladi.

Keywords: paremiologiya, kognitiv semantika, makrokonsept, mikrokonsept, mamot konsepti, fransuz maqollari, lingvomadaniy tahlil, metafora, kognitiv model.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor