RAQAMLI IQTISODIYOTDA TIJORAT BANKLARINING INVESTITSION SALOHIYATINI OSHIRISHDA XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI BILAN HAMKORLIKNING ROLI

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida Oʻzbekiston tijorat banklarining investitsion salohiyatini oshirishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Jahon banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki va Xalqaro Valyuta Fondi kabi tashkilotlarning Oʻzbekistonda amalga oshirayotgan loyihalari bank sektorining raqamli transformatsiyasi va investitsion imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol oʻynayotgani asoslanadi. Maqolada xalqaro tajriba, texnik yordam va moliyaviy resurslarning tijorat banklari raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni ochib berilgan.


11.10.2025 Volume Issue View more Download
ADVOKATLIK SIRI

Ushbu maqolada, advokatlik sirining kasbiy faoliyatdagi o’rni va ahamiyati haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Huquqiy davlatning ajralmas instituti sifatida advokatura fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Advokatning kasbiy faoliyatida eng asosiy tamoyillardan biri bu advokatlik sirini saqlash tamoyilidir. Bu tamoyil fuqarolar va yuridik shaxslarning advokatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bilan birga, sud-huquq tizimining adolatli ishlashini ta’minlaydi.


09.10.2025 Volume Issue View more Download
ГЕЙМИФИКАЦИЯ В ОБРАЗОВАНИИ

Внедрение игровых форм в неигровой контекст: работу, учебу и повседневную жизнь - основные показатели геймификация. Геймификация использует естественные склонности людей к конкуренции, соревнованиям, сотрудничеству и достижениям. Геймификация в образовании, это применение игровых методик и элементов в процессе обучения. Указана роль компьютерных и настольных игр в развитии личности студентов.


09.10.2025 Volume Issue View more Download
UMUMTALIM MAKTABLARIDA TARBIYALANAYOTGAN BOLALAR VA O'SMIRLARNI SOG'LOM VA XAVFSIZ OVQATLANISHI TASHKIL ETISH

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan bolalar va o‘smirlarning sog‘lom hamda xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda bolalar organizmining yosh fiziologik xususiyatlari, ovqatlanish tartibi, energiya va ozuqa moddalari balansining sog‘lom rivojlanishdagi ahamiyati yoritilgan. Maktab oshxonalarida ovqat tayyorlash jarayonida gigiyenik talablar, sanitariya me’yorlari va oziq-ovqat xavfsizligi standartlariga rioya etish zarurligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, noto‘g‘ri ovqatlanishning o‘quvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’siri, vitamin yetishmovchiligi, ortiqcha vazn va kamquvvatlik kabi muammolar tahlil qilingan. Maqola maktab ovqatlanish tizimini takomillashtirish, dietologik nazoratni kuchaytirish va o‘quvchilarda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari umumta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda bolalar salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.


09.10.2025 Volume Issue View more Download
ЎБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДАГИ ТАДБИРКОРЛИК СУБЪЕКТЛАРИДА МАХСУЛОТ ИШЛАБ ЧИҚАРИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ ВА КЛАСТЕРЛАРНИНГ ЎРНИ

Ўзбекистон Республикасида тадбиркорлик субъектлари фаолиятида маҳсулот ишлаб чиқаришнинг ўзига хос хусусиятлари таҳлил қилинган. Айниқса, ҳудудий ва соҳавий кластерларнинг ташкил этилиши орқали ишлаб чиқариш самарадорлигини ошириш, қўшимча қиймат занжирини яратиш ва ички ҳамда ташқи бозорларда рақобатбардош маҳсулотлар ишлаб чиқариш масалалари кўриб чиқилган. Кластерлашув механизмининг кичик ва ўрта бизнес ривожига қўшадиган ҳиссаси, иш ўринларини яратиш ва инновацион технологияларни жорий этишдаги ўрни ҳамда давлат томонидан яратилаётган шарт-шароитлар таҳлил қилинган. Шунингдек, муаммолар ва ечимларга оид таклифлар ҳам илгари сурилган.


09.10.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor