KOGNITIV PSIXOLOGIYAGA RAQAMLI MUHITNING TRANSFORMATIV TA’SIRI

21.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4

Abstract. Mazkur ilmiy maqolada kognitiv psixologiya doirasida raqamli muhitning insonning bilish jarayonlariga ko‘rsatadigan kompleks ta’siri nazariy va tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi zamonaviy raqamli texnologiyalar internet, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellekt tizimlarining inson diqqat, xotira, tafakkur, idrok va nutq kabi kognitiv funksiyalariga ta’sir mexanizmlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslashdan iborat. Raqamli transformatsiya jarayonlari natijasida axborot oqimining keskin ortishi insonning bilish faoliyatida yangi kognitiv strategiyalar shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqot davomida nazariy tahlil, ilmiy manbalarni qiyosiy o‘rganish va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli muhit axborotni tezkor qayta ishlash, kognitiv moslashuvchanlik va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ortiqcha axborot yuklamasi, diqqatning tarqoqlashuvi, multitasking ta’siri va chuqur tahliliy fikrlashning susayishi kabi salbiy kognitiv holatlar ham kuzatiladi. Tadqiqot yakunida raqamli muhitdan ongli, me’yoriy va maqsadli foydalanish zarurligi asoslab beriladi.

Keywords: kognitiv psixologiya, raqamli muhit, diqqat jarayonlari, xotira, tafakkur, idrok, sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar, multitasking, Z avlod, axborot oqimi, kognitiv yuklama, metakognitsiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor