Qishloq va shahar hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlar mamlakat iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalaridan biridir. Ushbu maqolada hududlararo daromad, ish o‘rinlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va resurslardan foydalanishdagi farqlar tahlil qilinadi. Shuningdek, tafovutlarni kamaytirish uchun davlat siyosati, investitsiya dasturlari, infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar va ekologik barqaror yechimlar kabi chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Maqola hududiy barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy adolatni oshirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni taklif etadi.
Koʻchmas mulk bozori iqtisodiyot tizimining muhim qismlaridan biri boʻlib, aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni rivojlantirish va investitsiya jalb etishda asosiy oʻrin tutadi. Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar koʻchmas mulk bozorida faollikni oshishiga xizmat qiladi. Aholining urbanizatsiyalashuvi, yangi turar-joy massivlarning qurilishi, zamonaviy infratuzilmaning rivojlanishi bu sohaning dolzarbligini yanada kuchaytiradi. Ushbu maqolada aynan shu muammolar tahlil qilinadi hamda zamonaviy innovatsion yechimlar taklif qilinadi.
Maqolada iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi, uning asosiy komponentlari va tahdidlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston misolida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning davlat, hududiy va korporativ mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, global va mahalliy iqtisodiy muammolar, raqamli transformatsiya va innovatsiyalar kontekstida xavfsizlikni mustahkamlash strategiyalari taqdim etiladi.
Mazkur maqolada ko‘chmas mulkni baholash tizimini rivojlantirishda xalqaro tajribani o‘rganish, uni O‘zbekiston sharoitida tatbiq etishning muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi. Maqolada baholash sohasining xalqaro standartlari (IVS, EVS), ularning asosiy tamoyillari, milliy qonunchilik va amaliyot bilan uyg‘unlashtirish masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan.