ВОПРОСЫ СОЦИАЛЬНОЙ АДАПТАЦИИ ЛИЦ, ВЗЯТЫХ НА ПРОФИЛАКТИЧЕСКИЙ УЧЕТ

В статье исследуются актуальные проблемы социальной адаптации лиц, взятых на профилактический учет в Республике Узбекистан. Проанализированы правовые основы профилактического учета, закрепленные в Законе «О профилактике правонарушений», и практические трудности их реализации. Выявлены проблемЫ социальной адаптации, включая трудовую и профессиональную адаптацию, социальную стигматизацию, недостаточное развитие институциональной инфраструктуры, жилищно-бытовые проблемы, психологическую дезадаптацию, отсутствие межведомственной координации и правовых гарантий. Особое внимание уделено временным аспектам адаптационного процесса, влиянию криминальной субкультуры и необходимости дифференцированного подхода к различным категориям лиц. Предложены научно обоснованные рекомендации по совершенствованию законодательства и практики социальной адаптации, включая создание системы межведомственного взаимодействия, развитие института наставничества, стимулирование работодателей и привлечение институтов гражданского общества.


10.11.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDAGI TARIXIY O‘ZGARISHLAR (1991–2025)

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida 1991–2025-yillar oralig‘ida umumiy o‘rta ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlari, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va natijalari tahlil qilinadi. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan normativ-huquqiy o‘zgarishlar, davlat dasturlari, yangi o‘quv yondashuvlarining joriy etilishi hamda o‘qituvchilarning ijtimoiy maqomi o‘zgarishlari ilmiy tahlil qilinadi.


10.11.2025 Volume Issue View more Download
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA ADAPTIV JISMONIY TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida adaptiv jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Maxsus ehtiyojli o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi, sog‘lomlashtirish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, dars jarayonida individual yondashuvni amalga oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, adaptiv jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishda xorijiy tajriba hamda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar tahlil qilingan.


10.11.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONDA MILLIY MADANIY MEROSNI SAQLASH VA TARG‘IB QILISH SIYOSATINING TARIXIY BOSQICHLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilish siyosatining shakllanish jarayoni hamda uning tarixiy bosqichlari tahlil qilingan. Unda sovet davridan to mustaqillik yillarigacha, shuningdek, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar bosqichma-bosqich yoritilgan. Maqolada madaniy merosni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, davlat siyosatidagi o‘zgarishlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik natijalari va raqamlashtirish jarayonlarining ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, milliy o‘zlikni tiklash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda madaniy merosning o‘rni haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda madaniy merosni asrab-avaylash va uni jahon miqyosida targ‘ib qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani ta’kidlanadi.


10.11.2025 Volume Issue View more Download
MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ORQALI MILLIY MADANIY MEROSNI QAYTA TIKLASH

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari orqali milliy madaniy merosni qayta tiklash jarayonlari yoritilgan. Mustaqillikdan so‘ng mamlakatda madaniy-ma’naviy yangilanish, tarixiy xotirani tiklash va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Matbuot, radio, televideniye hamda internet nashrlari orqali Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek kabi allomalar merosini o‘rganish, xalq og‘zaki ijodi, san’at, urf-odat va qadriyatlarni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar rivoji natijasida madaniy merosni targ‘ib etishning zamonaviy shakllari — onlayn platformalar, virtual muzeylar, elektron nashrlar keng qo‘llanilmoqda. Maqolada mustaqillik davrida ommaviy axborot vositalarining milliy o‘zlikni tiklashdagi o‘rni, asosiy bosqichlar va hujjatlar asosida tahlil etilgan.


10.11.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor