USTOZ VA SHOGIRD MULOQOTIDA MILLIY NUTQIY ETIKET VA KOMMUNIKATIV STRATEGIYALARNING PRAGMATIK VA ETNOLINGVISTIK TADQIQI

15.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalaridagi akademik diskursning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, ustoz va shogird o‘rtasidagi muloqotning etnomadaniy asoslari keng qamrovli tadqiq etilgan. Tadqiqotda o‘zbek milliy mentalitetida shakllangan “ustoz–shogird” an’analarining zamonaviy akademik nutqdagi in’ikosi, nutqiy etiket birliklarining qo‘llanilishi va muloqot strategiyalarining samaradorligi ilmiy tahlil qilinadi. Maqolaning metodologik asosi sifatida pragmalingvistika, sotsiolingvistika va etnolingvistik yondashuvlar qo‘llanilgan bo‘lib, tadqiqot natijalari akademik muloqotda madaniy omillarning muhim ahamiyatga egaligini tasdiqlaydi.

Keywords: akademik diskurs, ustoz-shogird an’anasi, etnomadaniy omillar, nutqiy etiket, pragmalingvistika, sotsiolingvistika, fransuz va o‘zbek madaniyati, qiyosiy tahlil.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor