BYUDJETLARNI TUZISH VA TASDIQLASHNING DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada byudjetlarni tuzish va tasdiqlash jarayonida davlat moliyaviy nazoratining ahamiyati, amaldagi tizimning afzallik va kamchiliklari, hamda uni takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi.


04.11.2025 Volume Issue View more Download
MUSTAQIL O’ZBEKISTONNING JANUBIY KOREYA BILAN IKKI TOMONLAMA MUNOSOBATLARI TARIXI

Mazkur maqolada Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreya Respublikasi bilan o‘rnatgan va rivojlantirgan ikki tomonlama munosabatlari tarixiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda 1992-yilda diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilganidan boshlab bugungi kungacha bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy hamkorlik bosqichlari yoritilgan. Maqolada ikki davlat o‘rtasidagi “strategik sheriklik” va “maxsus strategik sheriklik” darajasiga ko‘tarilgan hamkorlikning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari hamda o‘zaro manfaatli loyihalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, Koreya Respublikasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga qo‘shgan sarmoyalari, texnologik va ta’lim sohasidagi qo‘llab-quvvatlovi misolida ikki davlat aloqalarining barqaror rivojlanish omillari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola yakunida O‘zbekiston–Janubiy Koreya munosabatlarining mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotdagi o‘rni hamda kelajakdagi istiqbollari haqida xulosa berilgan.


04.11.2025 Volume Issue View more Download
MARKAZIY BANK VA BANK TIZIMI ORQALI INFLATSIYANI BOSHQARISH: IQTISODIYOTNI BARQARORLASHTIRISHDA MONETAR SIYOSATNING O'RNI

Ushbu maqolada Markaziy bank va bank tizimi orqali inflyatsiyani boshqarish masalalari hamda monetar siyosatning iqtisodiyotni barqarorlashtirishdagi o‘rni chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Markaziy bankning asosiy maqsadlari — narxlar barqarorligini saqlash, pul massasini nazorat qilish va foiz stavkalari orqali iqtisodiy faollikka ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 2020–2024-yillarda inflyatsiyani pasaytirish borasida amalga oshirilgan islohotlar, pul-kredit siyosati vositalarining samaradorligi hamda xalqaro tajriba bilan taqqoslama tahlil keltiriladi. Maqola yakunida monetar siyosatni takomillashtirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va inflyatsiyani mo‘tadil darajada ushlab turish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


04.11.2025 Volume Issue View more Download
ULUG‘BEK HAMDAM HIKOYALARIDA FALSAFIY QARASHLAR

Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek adabiyotining yirik vakili Ulugʻbek Hamdam hikoyalarining mazmun-mohiyati va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarlarda inson ruhiyati, hayot falsafasi va jamiyatdagi maʼnaviy muammolar tasviri yoritib beriladi.


04.11.2025 Volume Issue View more Download
ÁDEBIYAT – KÁMILLIKKE BASLAWSHI JOL

Bul maqalada, Ádebiyattin insan ómirindegi áhmiyeti oniň tutqan ornı haqqinda sóz etiledi. Biz tuwilğanimizdan baslap ádebiyat penen ósemiz kamalğa jetemiz sonlıqtanda ómirimizde ádebiyattın tutqan ornı bólek. Buğan mısal tuwilğanımızda anamız bizge háyyiw aytıb uyqilatadi.


04.11.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor