TUNGI HAYVONLAR

Quyosh ko‘zdan yo‘qolgach, chor - atrofga qorong‘u tushgan, va tunning birinchi salqin nafasi esgan chog‘da. Ko‘pchilik odamlar uchun uyquga ketib, shirin tushlar ko‘rish vaqti bo‘lsa-da, ko‘plab hayvonlar faqatgina kechasi tashqariga ozuqa izlab chiqishadi. Bunday hayvon turlari tungi (nocturnal) hayvonlar deyiladi.


12.08.2026 Volume Issue View more Download
NEFT VA GAZ KORXONALARIDA FOYDALI QAZILMALARNI QIDIRISH VA MAJBURIYATLARNI BAHOLASH BUXGALTERIYA HISOBIDA (MHXS / IFRS 6 VA IAS 37 ASOSIDA)

Ushbu tezisda neft va gaz korxonalari faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini i`nobatga olgan holda, geologik-qidiruv va baholash xarajatlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS / IFRS) talablari asosida buxgalteriya hisobida aks ettirish metodologiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqotda IFRS 6 (Foydali qazilmalarni qidirish va baholash) va IAS 37 (Zahiralar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar) standartlarini birgalikda qoʻllash mexanizmi tahlil qilingan. Qidiruv xarajatlarini kapitallashtirish va xarajatga chiqarish mezonlari, qidiruv aktivlarining qadrsizlanishi hamda boʻlajak demontaj va atrof-muhitni tiklash majburiyatlarini aktiv tannarxiga kiritishning amaliy jihatlari yoritilgan.


12.08.2026 Volume Issue View more Download
IQTISODIY NIZOLARNI HAL ETISHDA RAQAMLI DALILLARNING TAVFSIFI

Mazkur maqolada iqtisodiy nizolarni hal etishda raqamli dalillarning o‘rni, ularning huquqiy tabiati va sud amaliyotidagi ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron hujjatlar, elektron yozishmalar, bank tranzaksiyalari, audio-video yozuvlar hamda boshqa elektron ma’lumotlarning dalil sifatida qo‘llanish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida raqamli dalillarni to‘plash, saqlash, tekshirish va baholash bilan bog‘liq nazariy hamda amaliy muammolar yoritilgan. Shuningdek, milliy va xorijiy tajribalar asosida iqtisodiy sud ish yurituvida raqamli dalillardan foydalanishning zamonaviy tendensiyalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli dalillarning huquqiy maqomini takomillashtirish, ularni baholashning yagona mezonlarini ishlab chiqish hamda sud amaliyotiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish iqtisodiy nizolarni samarali hal etishning muhim omillaridan biri ekanligi asoslab berilgan.


12.08.2026 Volume Issue View more Download
REKRUTMENT TUSHUNCHASI VA UNING ASOSIY YО‘NALISHLARI

Maqolada mamlakatimizda aholini ish bilan ta’minlash maqsadida yangi ish о‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish, “rekrutment” va “rekruting” tushunchalari, rekrutment faoliyatini amalga oshirishning asosiy yо‘nalishlari hamda milliy mehnat bozorida va mintaqalarda rekruting xizmatlarining tashkil etilishi keltirilgan.


12.08.2026 Volume Issue View more Download
MAXSUS SEZGILAR

Tunda hayot kechiradigan hayvonlarning o‘ziga xos maxsus sezgilari bo‘ladi. Ya’ni ular ko‘rish, eshitish, biror narsaga tegib ko‘rish, hid bilish va tam sezish qobiliyatlari insonlarnikiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan bo‘ladi.


12.08.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor