Bugungi kunimizga kelib rus va sovet tarixchilari qayta ishlab yozgan turklar to‘g‘risidagi, jumladan, Chingizxon va uning mo‘g‘ul-tatar qavmi haqidagi qalbaki tarixiy ma’lumotlardan voz kechishga hamda ularning haqiqatga mos keladiganlarini ham asl manbalarga taqqoslab keyin dalil sifatida qabul qilishga bo‘lgan intilish nafaqat mutaxasis tarixchilar orasida, balki o‘zini turk deb hisoblaydigan oddiy xalq orasida ham jiddiy tus oldi.
Ushbu maqolada dorivor o‘simliklarning inson salomatligidagi o‘rni, ularning shifobaxsh xususiyatlari hamda xalq tabobotidagi qo‘llanilishi haqida ma’lumot beriladi. Dorivor o‘simliklarning farmatsevtika sohasida tutgan o‘rni, ularni ilmiy asosda o‘rganishning ahamiyati va ekologik muhofazaga oid masalalar yoritiladi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston hududida keng tarqalgan dorivor o‘simliklar, ularning kimyoviy tarkibi, xalq taboboti va zamonaviy tibbiyotdagi qo‘llanilishiga oid ma’lumotlar ham berilgan.
Бу мақолада Кураш техникаси курашчи маҳоратининг асоси ҳисобланади ва кўп жиҳатдан унинг имкониятларини белгилаб беради. Курашда ўнлаб усуллар ва уларнинг вариантлари мавжуд. Бироқ бу курашчи уларнинг ҳаммасини мукаммал билиши лозим дегани эмас. Спортчи янада янги ва янги усуллар, қарши усуллар ҳамда ҳимояланишларни эгаллаб бориши билан унинг алоҳида хусусиятлари ва одатларига жавоб берадиган ҳамда унинг томонидан муваффақиятли бажариладиган усулларнинг бир қисми кейинчалик такомиллаштириш мақсадида режага киритилади.
Ushbu maqolada Escherichia coli bakteriyasining morfologik, fiziologik va genetik xususiyatlari, uning patogen shtammlari va klinik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, E. coli’ning ilmiy tadqiqotlarda model organizm sifatidagi o‘rni, biotexnologik jarayonlardagi qo‘llanilishi va ekologik ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.
Dukkakdoshlar oilasi (Fabaceae yoki Leguminosae) dunyodagi eng yirik oila hisoblanadi va insoniyat hayotida oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika hamda ekologik muhitni yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada dukkakdoshlarning dorivor ahamiyati, kimyoviy tarkibidagi bioaktiv moddalar va ularning farmakologik qo‘llanilishi yoritilgan. Tadqiqot davomida xalq tabobatida va zamonaviy ilmda qo‘llaniladigan asosiy dukkakdosh dorivor o‘simliklar haqida ilmiy manbalarga tayangan holda tahlil berildi. Natijalar dukkakdoshlarning biologik faol moddalar manbai sifatida keng imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatadi.