30.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada xorijiy tarixshunoslikda jadidchilik masalasining o‘rganilishi tahlil qilinadi. Unda jadidchilik ma’rifatparvarlik, musulmon modernizmi, milliy uyg‘onish, imperiya sharoitidagi madaniy islohot va siyosiy faollashuv jarayoni sifatida yoritiladi. Kerrere de Enkaus, Olvorz, Xolid, Baldauf, Kemp, Sahadeo, Sartori va Morrison kabi xorijiy tadqiqotchilarning qarashlari qiyosiy o‘rganilib, jadidchilikning ta’lim, matbuot, gender, shahar muhiti va mahalliy intellektual an’analar bilan bog‘liqligi ochib beriladi. Tadqiqot mavzuning tarixshunoslikdagi murakkab talqinlarini yoritadi.
Keywords: jadidchilik, xorijiy tarixshunoslik, musulmon modernizmi, Turkiston, Buxoro, milliy uyg‘onish, ta’lim islohoti, matbuot, gender, tarixshunoslik tahlili.