KO’KALAMZORLASHTIRISHDA FOYDALANILADIGAN AYRIM MANZARALI LIANALARNING AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI

Ko’kalamzorlashtirishning aholi yashash joylarida vertikal ko’kalamzorlashtirish usulida foydalaniladigan o’simliklar biologiyasini o’rganish. Vertikal ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladigan o’simliklarning inson va atrof muhitga ta’siri mexanizmi o’rganiladi.


30.09.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA KOMPLAENS NAZORATINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA AMALDAGI HOLATI

Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida komplaens nazoratini tashkil etishning huquqiy asoslari va amaldagi holati keng yoritilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, bank tizimini modernizatsiya qilish hamda xalqaro standartlarga mos faoliyat yuritish jarayonida komplaens nazoratining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada mavjud qonunchilik bazasi, xalqaro tajriba hamda O‘zbekiston tijorat banklarida komplaens bo‘limlari faoliyati tahlil qilinadi va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.


30.09.2025 Volume Issue View more Download
ATMOSFERAGA CHIQADIGAN SANOAT CHIQINDILARI VA ULARNI BARTARAF QILISH CHORA TADBIRLARI

Mazkur maqolada sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilarning manbalari, ularning turlari va ekologik hamda sog‘liq uchun oqibatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, chiqindilarni kamaytirish va bartaraf etish yo‘llari, jumladan, texnologik modernizatsiya, filtrlash tizimlari, qayta ishlash usullari hamda davlat nazorati va aholining ekologik madaniyatini oshirish masalalari yoritilgan.


30.09.2025 Volume Issue View more Download
AMALIY SIYOSATSHUNOSLIK KASB SIFATIDA

Ushbu maqolada siyosat haqidagi fan siyosatshunoslik tarkibidagi amaliy siyosatshunoslik, ya’ni siyosatining amaliy masalalari bilan shug’ullanuvchi fanning mohiyati va uning kasb sifatidagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, amaliy siyosatshunoslikning nazariy siyosatshunoslikdan qaysi jihatlarda farqlanishi, fanning metodologiyasiga oid yondashuvlar, fanning rivojlanish tarixi haqida ma’lumot beriladi.


30.09.2025 Volume Issue View more Download
AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHILARIDA OG‘ZAKI NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi akademik litseylarida og‘zaki nutq madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarini chuqur tahlil etib, talabalarning til ko‘nikmalarini, jumladan, notiqlik, muloqot samaradorligi va madaniy normativlikni rivojlantirishdagi muammolarni, masalan, dialektal ta’sirlar, jargonizm va kommunikativ to‘siqlarni ko‘rib chiqadi; shu bilan birga, O‘zbekiston ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini, jumladan, adabiy til standartlariga rioya qilish va xorijiy tajribalarni (masalan, texnik universitetlardagi og‘zaki nutq rivojlantirish texnologiyalari) moslashtirish orqali, yechimlarni, xususan, interaktiv metodlar, rol o‘yinlari va motivatsion kommunikatsiyani ilgari suradi, bu esa litseylarda og‘zaki nutq madaniyatini milliy identiklikni mustahkamlash va global muloqotga moslashishga xizmat qiluvchi vosita sifatida shakllantirishga yordam beradi.


29.09.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor