International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



15-16 YOSHLI TENNISCHILARNING JISMONIY VA TEXNIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI

Ushbu maqolada tennischilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini takkomillashtirish usulubiyati hamda 15-16 yoshli tennischilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini va harakat aniqligini baholovchi me’yoriy test mashqlari o‘tkazilganligi haqida so‘z boradi.


25.12.2024 Volume 3 Issue 12 View more Download
KUYOV-KELIN MUNOSABATLARINING MAROSIMLARDAGI RAMZIY TALQINI

Ushbu maqola oʻzbek nikoh marosimlarida kuyov va kelin oʻrtasidagi munosabatlarning ramziy talqinini tahlil qilishga bagʻishlangan. Nikoh marosimlari xalqning qadriyatlari, madaniy xotirasi va urf-odatlarini ifodalovchi muhim madaniy hodisalardir. Ushbu marosimlarda ishlatiladigan ramzlar, ritual nutqlar, maqollar va badiiy unsurlar kuyov va kelinning ijtimoiy rollari va masʼuliyatlarini aks ettiradi. Maqolada ushbu elementlarning lingvistik, semantik va pragmatik jihatlari oʻrganilib, milliy oʻzlikni saqlashdagi ahamiyati yoritilgan.


25.12.2024 Volume 3 Issue 12 View more Download
MIRZO ULUG'BEK FAOLIYATI VA ILMIY MEROSINING XORIJIY TARIXSHUNOSLIKDA O'RGANILISHI

Ushbu maqolada Mirzo Ulugʻbek ilmiy merosi va faoliyatining xorijiy tarixshunoslikda o'rganilishi masalalari tahlil qilingan. Xorijiy olimlarning Mirzo Ulugʻbek ilmiy merosiga oid tadqiqotlari, nashr etilgan asarlari va ilmiy xulosalari qiyosiy tahlil etilgan. Shuningdek, xorijiy tarixshunoslikda Mirzo Ulugʻbek shaxsi va ilmiy faoliyatiga berilgan baholar hamda yondashuvlar o'rganilgan.


25.12.2024 Volume 3 Issue 12 View more Download
O'ZBEK TILI KORPUSIDA FILOLOGIK TERMINLAR BAZASINI SHAKLLANTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI

Oʻzbek tili korpusida filologik terminlarni tadqiq qilish milliy til va adabiyot rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola Oʻzbek tili korpusidagi filologik terminlarning lingvistik tahlil usullari, ularning leksik-semantik xususiyatlari hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida avtomatlashtirilgan tarzda oʻrganish imkoniyatlarini yoritishga qaratilgan. Shuningdek, ilmiy terminlarning korpusdan foydalangan holda tizimli tasnifi, ularni tarjimada qoʻllashda yuzaga keluvchi muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari lingvistik sohada yangi yondashuvlarni shakllantirish va filologik maʼlumotlarning aniqroq qayta ishlanishiga hissa qoʻshishi mumkin.


25.12.2024 Volume 3 Issue 12 View more Download
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISHNI TASHKIL ETISH

Mazkur maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tushunchalari, shuningdek ushbu jinoyatlarga qarshi kurashish bo’yicha O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish xususida so’z yuritiladi.


25.12.2024 Volume 3 Issue 12 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor