Ushbu maqolada Mirzo Ulug‘bekning pedagogik qarashlari, uning ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Asarda Ulug‘bek tomonidan tashkil etilgan ilmiy muhit, madrasalarda olib borilgan ta’lim jarayoni va yosh avlodni ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalashga qaratilgan g‘oyalari aks ettirib berilgan. Shuningdek, Ulug‘bek madrasasi va Ulug‘bek rasadxonasi faoliyati orqali ilmiy maktabning shakllanishi va uning pedagogik ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida Ulug‘bekning ilmga asoslangan ta’lim tizimi va ustoz-shogird an’anasiga bergan e’tibori bugungi ta’lim jarayoni uchun muhim ilmiy meros ekanligi asoslab beriladi.
Mazkur ilmiy maqola UTT ning yumshoq to‘qimalar diagnostikasidagi kamchiliklari va MRT bilan statistik taqqoslash orqali ochib berishga qaratilgan. Tadqiqot davomida yuqmshoq to’qimalar kasalliklari hususan(o’smalar) bilan kasallangan bemorlarning UTT va MRT tekshiruv natijalari orqali tahlil qilinadi. Ushbu maqolada yumshoq to’qimalar kasalliklarida UTT ning roli, diagnostikadagi kamchiliklari va xatolarini aniqroq ochib berilga.
Ushbu maqola HTML tilining asosiy tushunchalari, struktura elementlari va zamonaviy veb-ishlanmalardagi roli haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, maqolada HTMLni o‘rganishning samarali metodikalari tahlil qilinadi, jumladan nazariy bilimlar, amaliy mashqlar va interaktiv platformalardan foydalanish orqali talabalarning bilim darajasini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari HTML asoslarini o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish va veb-dizayn sohasida mustahkam bilim olishga yordam berishini ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada prokuror lavozimiga tayinlash va uni lavozimidan ozod etish tartibining huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, prokuratura organlari faoliyatining asosiy prinsiplari, jumladan, qonuniylik, mustaqillik, markazlashuv va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan tamoyillar yoritib beriladi. Maqolada prokurorlarning vakolatlari, ularni tayinlash va lavozimidan ozod qilishda davlat organlarining roli hamda ushbu jarayonlarning amaldagi qonunchilik asosida tartibga solinishi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda ularning faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari yuzasidan muhim xulosalar keltiriladi.
Chronic heart failure (CHF) is a condition characterized by the inability of the heart to pump sufficient blood to meet the metabolic needs of body tissues. This leads to symptoms such as dyspnea, fatigue, and fluid retention. Among the metabolic-supportive medications used in CHF management, levocarnitine has gained attention for its ability to enhance myocardial energy production and support cardiac metabolism. This paper discusses the mechanism, benefits, clinical role, and indications of levocarnitine in chronic heart failure.