05.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ilmiy faoliyati tahlil qilingan. Institutning 2019–2023-yillardagi ilmiy loyihalari, yangi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini yaratish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda tijoratlashtirish borasidagi faoliyati yoritilgan. Shuningdek, institutning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi, ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora tadbirlar va Orolbo‘yi mintaqasining murakkab ekologik sharoitlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrar soha taraqqiyotida ilm-fan va innovatsiyalarning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Keywords: Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, qishloq xo‘jaligi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, innovatsiyalar, seleksiya, yangi navlar, urug‘chilik, Orolbo‘yi mintaqasi, agrar rivojlanish, xalqaro hamkorlik, tijoratlashtirish, ilmiy loyihalar.