Ушбу мақолада пилла қуртининг маҳаллий навлари пилласидан замонавий пилла ўраш машиналарида хом ипак сифат кўрсаткичларини баҳолаш ишлаб чиқиш бўйича олиб борилган илмий-тадқиқот ишлари натижалари келтирилган. Тадқиқот доирасида пилла ипларининг чизиқли зичлиги ЎзНИИШП ЛC тизимининг лаборатория пилланинг жонли ва қуруқ технологик кўрсаткичлари ўрганилди. Пиллаларни ўрганиш натижаларига кўра пиллалар сони, яъни чизиқли зичлиги 1,56 ва 1,89 текс бўлган ипак хомашёсини ечишда қайта ўраш машинасининг ушлагичи остида аниқланган. Шунингдек, махалий пиллалардан ишлаб чиқарилган хом ипак сифат кўрсаткичларини тадқиқ қилинди.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida investitsiya siyosatining hozirgi holati, uning iqtisodiy o‘sishdagi roli hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, sarmoya muhitini yaxshilash, xususiy sektorni rivojlantirish va raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiyalarni boshqarish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada investitsion muhitni yanada takomillashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Ushbu maqolada gender tengligi siyosatining huquqiy asoslari, uning shakllanishi va rivojlanishida davlatning roli tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlovchi normativ-huquqiy baza, xususan Konstitutsiya, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarning mazmuni ochib beriladi. Maqola gender siyosatini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari, institutlari va jamiyatdagi amaliy ahamiyatini yoritishga qaratilgan bo‘lib, gender tengligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi asoslab beriladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida investision-qurilish jarayonining samaradorligi muhim o‘rin tutadi. Jahon amaliyotida mazkur jarayonni tashkil etishda developerlik xizmatlaridan foydalanish ijobiy natija bermoqda. Maqolada O‘zbekiston sharoitida developerlik faoliyatini rivojlantirish zaruriyati, uning tashkiliy-iqtisodiy afzalliklari, an’anaviy modeldan farqli jihatlari hamda uni milliy qurilish tizimiga moslashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga mos holda developerlik faoliyatini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari asoslab berilgan.
Mazkur tadqiqot ishida xizmat ko‘rsatish sohasida yashirin iqtisodiyotni oldini olish va uni bartaraf etishda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida raqamlashtirilgan (inson omiliga bog‘liq bo‘lmagan) nazorat mexanizmlarining ahamiyati, uning iqtisodiy samaradorligi va takomillashtirish yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan. Muallif tomonidan Samarqand viloyatidagi xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari misolida raqamlashtirilgan (avtokameral) tizimi orqali yashirin iqtisodiyotni bartaraf etilishi mexanizmining iqtisodiy samaradorligini ko‘rib chiqib, uning takomillashtirish yuzasidan o‘z ilmiy-amaliy taklif va xulosalarini bayon etgan.