Ushbu maqolada Oʻtkir Hoshimov serqirra ijodkor, taniqli davlat arbobi, roman va qissalar muallifi hisoblanadi. Uning asarlarida hayotiy boʻlgan masalalar va urush vaqtida boʻlgan barcha qiyinchiliklar tasvirlangan. “Urushning soʻnggi qurboni” bu asarda ham urush vaqtida odamlarning qanday qiyinchilik koʻrgani, nimalar yetishmasligi ochiq tasvirlab berilgan. Hozirgi kun bilan bogʻlasak, hozirda ham zoʻravonliklar, tahdidlar davom etmoqda. Asar bizni tinchlikka undovchi kuch desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
Ушбу мақола жиноят ҳуқуқий нормалар рақобатида қилмишни квалификация қилишнинг назарий ва амалий жиҳатларини кўриб чиқади. Мақолада жиноятлар ва уларнинг квалификацияси жараёнидаги муаммолар, жиноят ҳуқуқий нормалар орасидаги рақобат ва бу ҳолатнинг ҳуқуқий тизимдаги таъсири таҳлил қилинган. Жиноятларни тўғри классификация қилишда юзага келадиган қийинчиликлар, нормаларнинг бевосита қўлланилиши ва ҳукм чиқаришдаги хато омиллари баён этилган. Мақолада шунингдек, жиноят ҳуқуқи соҳасидаги норматив ҳужжатларнинг такомиллаштирилиши ва амалий тажрибалар орқали квалификацияни тўғри ишлатиш усуллари ҳам кўрсатилган. Судлар ва ҳуқуқшунослар учун амалиёт ва назарий жиҳатларнинг ўзаро алоқаси муҳим эътиборга олинган. Мақола жиноят ҳуқуқи нормалар рақобатини минималлаштириш ва квалификация қилиш жараёнини такомиллаштиришга қаратилган амалий тавсиялар билан якунийлашади.
Ushbu maqolada ajrashgan oilalardagi ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarning farzand psixologiyasiga ta’siri turli ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili orqali ajralishdan keyingi oilaviy muhitda farzandning hissiy-emotsional holatida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, psixologik bosimlar va moslashuv jarayonlari yoritilgan. Tahlil falsafiy, psixologik va etnopsixologik nuqtai nazardan olib borilgan. Maqolada milliy qadriyatlar kontekstida o‘zbek oilalarida ajrashuv holatining bolalarga ta’siri alohida ko‘rib chiqilgan.
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badiiy matnni tahlil qilishga o‘rgatishda integrativ yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi. Integrativ yondashuv asosida adabiyot, ona tili, tasviriy san’at, musiqa kabi fanlararo bog‘liqlikda o‘quvchilarning tahliliy fikrlashi, estetik didi va og‘zaki nutqi rivojlanishi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda amaliy tajriba asosida bu yondashuvning dars jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashi, o‘quv motivatsiyasini oshirishi va matnga chuqur yondashuvni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada dars dizaynini integratsiyalashgan holda tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham bayon etilgan.
Mazkur maqolada Shayboniylar davlati (1500–1599) davridagi ijtimoiy tuzilma va davlat tomonidan amalga oshirilgan islohotlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Jamiyatning asosiy qatlamlari – hukmdorlar, diniy ulamolar, harbiylar, dehqonlar va savdogarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ularning davlat boshqaruvidagi o‘rni va vazifalari yoritiladi. Shuningdek, ma’muriy, harbiy, yer-soliq va diniy sohalarda olib borilgan islohotlar mazmuni hamda ularning jamiyat barqarorligiga ta’siri ochib beriladi. Maqola ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir etgan tarixiy omillarni chuqur anglashga xizmat qiladi.