AHOLI HAYOTINING SIFATINI YAXSHILASH OMILI SIFATIDA QISHLOQ JOYLARIDA ZAMONAVIY UY-JOY QURILISHINING DASTLABKI BOSQICHI

Maqolada aholi hayotining sifatini yaxshilash omili sifatida qishloq joylarida zamonaviy uy-joy qurilishining dastlabki bosqichi yoritilgan. Qishloq joylarida tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga muvofiq, uy-joy massivlarini qurish ishlari namunaviy loyihalar asosida, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’ektlari bilan birgalikda barpo etilganligiga to’xtalgan.


13.12.2025 Volume Issue View more Download
KO‘CHMAS MULKNI BAHOLASH SOHASIDA XALQARO TAJRIBANI TADBIQ ETISH MUAMMOLARI

Mazkur maqolada ko‘chmas mulkni baholash tizimini rivojlantirishda xalqaro tajribani o‘rganish, uni O‘zbekiston sharoitida tatbiq etishning muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi. Maqolada baholash sohasining xalqaro standartlari (IVS, EVS), ularning asosiy tamoyillari, milliy qonunchilik va amaliyot bilan uyg‘unlashtirish masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan.


13.12.2025 Volume Issue View more Download
RESPUBLIKAMIZDA KO’CHMAS MULK BOZORINI RIVOJLANTIRISHDAGI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVASION YECHIMLARI

Mazkur maqolada Oʻzbekiston ko‘chmas mulk bozorining hozirgi holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Bozorni shakllantiruvchi asosiy omillar – aholining o‘sish sur’ati, shaharsozlik siyosati, investitsion muhit va raqamli boshqaruv tizimining joriy etilishi – batafsil o‘rganilgan. Tadqiqotda 2020–2025-yillar oralig‘idagi milliy statistika ma’lumotlari, hukumat qarorlari va xalqaro tajribalar tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori faol diversifikatsiya bosqichiga kirgan, biroq normativ-huquqiy bazaning yetarli emasligi, kadastr ma’lumotlarining raqamlashtirilmaganligi va ijtimoiy uy-joy siyosatining zaifligi kabi muammolar mavjud. Taklif etilgan yechimlar orasida yagona raqamli platforma joriy etish, shaffof investitsiya mexanizmlarini yaratish va uy-joy siyosatini modernizatsiya qilish zarurligi ta’kidlanadi.


13.12.2025 Volume Issue View more Download
BAHOLASH MAQSADIDA TURAR-JOY KO'CHMAS MULK BOZORINI TAHLIL QILISH

Ushbu maqola turar-joy ko'chmas mulk bozorini tahlil qilishning nazariy asoslariga qaratilgan. Maqolada keltirilgan nazariy jihatlar turar-joy ko'chmas mulkini baholash va tahlil qilishning asoslarini ochib beradi. O'rganilgan murakkab materiallar ko'chmas mulk bozorini tahlil qilish uchun asos yaratadi. Maqolada ko'chmas mulk bozori tushunchasi tushuntiriladi, uning maqsad va vazifalari umumlashtiriladi va Novosibirskdagi uy-joy sinfi bo'yicha birlamchi bozorda taklifning taqsimlanishi keltirilgan.


13.12.2025 Volume Issue View more Download
KO‘CHMAS MULK BOZORINING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada ko‘chmas mulk bozori mamlakat iqtisodiy tizimining tarkibiy qismi sifatida tahlil qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy-joy, tijorat va sanoat obyektlari mulk aylanmasining iqtisodiy jarayonlarga ta’siri, aholi farovonligi va investitsion faollikni oshirishdagi roli o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ko‘chmas mulk bozori iqtisodiyotda kapital aylanishini tezlashtirish, infratuzilma rivojlanishiga hissa qo‘shish hamda moliya tizimi barqarorligiga ta’sir etuvchi muhim omildir.


13.12.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor