ЎЗБЕКИСТОН ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ МОЛИЯВИЙ БАРҚАРОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА КАПИТАЛ ЕТАРЛИЛИГИ ВА ЛИКВИДЛИК КЎРСАТКИЧЛАРНИНГ ЎРНИ

Мазкур мақолада тижорат банкларида молиявий барқарорлик, капитал етарлилиги ҳамда банкларнинг ликвидлик кўрсаткичлари ҳақида фикр юритилади. Бугунги кундаги жадал иқтисодий ўзгаришлар тижорат банкларига юқорида санаб ўтилган кўрсаткичларга қандай таъсир ўтказиши, тижорат банкларининг молиявий барқарорлигини таъминлашда қандай ишларни амалга ошириш юзасидан мулоҳазалар юритилган.


07.10.2026 Volume Issue View more Download
KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHNING XORIJIY TAJRIBALARI VA ULARNI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI

AQSh, Kanada va Yevropa Ittifoqida kichik tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish mexanizmlarini qiyosiy o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish. Metodlar: qiyosiy keys-tahlil, tavsifiy statistik tahlil, tizimli yondashuv, induksiya va deduksiya usullari qo‘llanildi; axborot bazasini OECD, Yevropa Komissiyasi, Global Affairs Canada, AQSh Aholini ro‘yxatga olish byurosi va O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari tashkil etdi. Natijalar: Kanadada eksport qiluvchi kichik va o‘rta korxonalar (KOB) ulushi 2011–2023-yillarda 10,4 foizdan 15,1 foizga oshgani, AQShda KOB aniqlangan eksportchilarning 97 foizdan ortig‘ini va ma’lum eksport qiymatining qariyb 35 foizini tashkil etishi aniqlandi. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlari eksporti 2021–2025-yillarda 3,3 mlrd dollardan 12,4 mlrd dollarga (yillik o‘rtacha 39,2 foiz) o‘sib, jami eksportdagi ulushi 36,6 foizga yetgan. Qiyosiy tahlil eksportni qo‘llab-quvvatlash natijadorligi alohida vositalarga emas, balki moliyaviy, axborot, standartlashtirish, raqamli va kooperatsiya mexanizmlarining uyg‘unligiga bog‘liqligini ko‘rsatdi.


07.10.2026 Volume Issue View more Download
TOPOLOGIYANI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Maqolada oliy ta’limda topologiya fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning didaktik va metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Topologik fazo, ochiq va yopiq to‘plam, baza, uzluksizlik, kompaktlik, bog‘langanlik, homeomorfizm, ko‘paytma va faktor fazo kabi abstrakt tushunchalarni o‘zlashtirishda talabani faol fikrlashga jalb etish zarurligi asoslanadi. Tadqiqot nazariy tahlil, qiyosiy-pedagogik tahlil va metodik modellashtirishga tayangan. Interfaol savol-javob, Think–Pair–Share, peer instruction, muammoli ta’lim, inquiry-based learning, guruhli isbot, konsept xarita, gallery walk va vizual modellashtirish usullarining topologiya darsiga mos shakllari taklif etiladi. Natijada interfaol metodlarni oddiy “faollashtirish” vositasi sifatida emas, balki ta’rif-misol-qarshi misol-isbot-refleksiya zanjirini tashkil etuvchi didaktik tizim sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligi ko‘rsatiladi.


07.10.2026 Volume Issue View more Download
ÁDEBIY TIL HÁM INDIVIDUAL STILLIK MASHQALALARI (K. RAXMANOV SHIǴARMALARI MISALINDA)

Bul maqalada ádebiy til hám individual stillik mashqalaları, K.Raxmanovtıń individual stili haqqında sóz etiledi.


07.10.2026 Volume Issue View more Download
INTERTEKSTUALLIK NAZARIYASI: M.BAXTIN DIALOGIZMI, YU.KRISTEVA, R.BART, J.JENETT TASNIFLARI VA ULARNING O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA QO‘LLANILISHI

Maqolada intertekstuallik nazariyasining M.Baxtin dialogizmidan Yu.Kristeva, R.Bart va J.Jenett konsepsiyalarigacha bo‘lgan tadriji qiyosiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Nazariyalar subyekt maqomi, matn chegarasi, munosabat birligi va o‘quvchi roli mezonlari asosida taqqoslanib, ularning “keng” (ontologik) va “tor” (tahliliy) modellarga ajralishi asoslanadi. Jenettning transtekstuallik tasnifi Sharq mumtoz poetikasidagi talmeh, tazmin, iqtibos, nazira, taxmis va sharh bilan funksional muvofiqlashtiriladi. O‘zbek tadqiqotlari tahlili asosida atamaning haddan tashqari kengaytirilishi xavfi ko‘rsatilib, ikki bosqichli tahlil modeli taklif etiladi.


07.10.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor