16.11.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 11
Abstract. Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishi sharoitida ish joylarida issiqlik stressining mehnat xavfsizligiga ta’siri tahlil qilinadi. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ning so‘nggi hisobotlari asosida global statistika, xavf guruhlari va himoya choralari ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekiston mehnat qonunchiligidagi mavjud normalar va ularning kamchiliklari yoritiladi. Maqola so‘ngida issiq iqlimli hududlar uchun amaliy takliflar beriladi.
Keywords: issiqlik stressi, mehnat muhofazasi, iqlim o‘zgarishi, issiq urishi, mikroiqlim, xavfsiz mehnat sharoiti.