KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING AXLOQIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHDA O‘YINLI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING RO‘LI

Ushbu maqolada kichik yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasini shakllantirishda o‘yinli pedagogik texnologiyalarning ahamiyati, ularning pedagogik jarayondagi funksiyasi va nufuzli pedagoglar tomonidan bildirilgan ilmiy-nazariy qarashlar asosida tahlil etilgan. Kichik yoshdagi bolalarni ijtimoiylashuviga qaratilgan turli qarashlar, metodlar ilmiy tadqiqotlarni nazariy hamda metodologik jihatdan ochib berilgan.


22.05.2025 Volume Issue View more Download
BEZORILIKKA MOYIL VA O‘ZLASHTIRISHI SUST BO‘LGAN BOLALAR USTIDA ISHLASH

Mazkur ishda bezorilikka moyil va oʻzlashtirishi sust oʻquvchilar bilan ishlashning psixologik-pedagogik jihatlari yoritilgan. Tatqiqotda bunday oʻquvchilarning xulq-atvori, oʻzlashtirish darajasining past boʻlish sabablari va ularning jamoadagi ijtimoiy moslashuvi muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, ularni ijobiy yoʻnaltirish, darsga qiziqishini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish hamda individual yondashuv asosida taʼlim-tarbiya jarayoniga faol jalb etish boʻyicha samarali usullar koʻrib chiqiladi. Ushbu mavzu boʻyicha olib borilgan ishlar maktab psixologi, sinf rahbari va ota-onalar hamkorligini talab etadi. Ish natijalari bezorilik holatlarini kamaytirish va oʻzlashtirish darajasini oshirishga xizmat qiladi.


22.05.2025 Volume Issue View more Download
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY MATNLARNI TAHLIL QILISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badiiy matnni tahlil qilishga o‘rgatishda integrativ yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi. Integrativ yondashuv asosida adabiyot, ona tili, tasviriy san’at, musiqa kabi fanlararo bog‘liqlikda o‘quvchilarning tahliliy fikrlashi, estetik didi va og‘zaki nutqi rivojlanishi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda amaliy tajriba asosida bu yondashuvning dars jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashi, o‘quv motivatsiyasini oshirishi va matnga chuqur yondashuvni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada dars dizaynini integratsiyalashgan holda tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham bayon etilgan.


22.05.2025 Volume Issue View more Download
NODIR JONUZOQ SHE'RIYATIDA SOʻZNING KOʻCHMA MA’NODA ISHLATILISH IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek sheʼriyatining yorqin vakillaridan biri boʻlgan Nodir Jonuzoq ijodida soʻzning koʻchma maʼnoda ishlatilish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Badiiy tasvir vositalaridan metafora, metonimiya, oʻxshatish, epitet, jonlantirish, takror va mubolagʻa kabi badiiy tasvir vositalarining qoʻllanilishi misollar bilan tahlil qilinadi. Shoirning til va uslubdagi individual mahorati, uning sheʼrlaridagi lisoniy xususiyatlar, shuningdek, badiiy obrazlarning lingvopoetik jihatlari oʻrganiladi.


22.05.2025 Volume Issue View more Download
TIBBIY TASHXIS QILISH MASALALARINI YECHISHDA INTELLEKTUAL TAHLIL USULLARI ANSAMBLLARIDAN FOYDALANISH

Maqolada tibbiy tashxis qilish jarayonida qo‘llaniladigan ko‘p sinfli klassifikatsiya masalalarini yechish uchun ansamblli o‘rganish yondashuvlaridan foydalanish masalasi qaralgan. Stacking, Random Forest va LightGBM ansambl usullaridan foydalanib o‘quv tanlanmalaridagi klassifikatsiya aniqligini hisoblash kabi ishlar natija sifatida olingan.


22.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor