Hozirgi kunda amalda bo”lgan o’zbek lotin alifbosida rus tili va rus tili orqali Yevropa tillaridan o'zlashtirilgan so’zlarning imlosi bilan bog’liq bir qator orfografik muammolar mavjud. Bu haqda ilmiy jamoatchilik tomonidan matbuot sahifalarida ko’plab fikr-mulohazalar bildirildi. Mazkur maqolada bu boradagi so’nggi yillarda bildirgan mulohazalar va bugungi lisoniy vaziyatni tahlil qilgan holda, fransuzcha so’zlarni o’zbek lotin alifbosida aks ettirish (transliteratsiya) bo’yicha ayrim tavsiyalar ilgari suriladi.
Ushbu maqola fransuz tilidagi sodda predloglar va ularning qoʻllanilishi tahlil qilinadi. Predloglar soʻzlar orasidagi bogʻlanishlarni ta'minlab, gap ichida joy, vaqt, sabab, maqsad, vosita va egalik kabi turli munosabatlarni ifodalashda ishlatiladi. Maqolada eng koʻp ishlatiladigan predloglarning ma'nolari va ularning kontekstdagi ishlatilishi tushuntiriladi.
Mazkur maqolada Ernest Hemingueyning ijodida ekologik muammolarning aks ettirilishi tahlil qilinadi. Adibning “Chol va dengiz”, “Katta daryo ikki qismga bo‘linadi” asarlarida inson va tabiat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, tabiiy muhitning inson ruhiyatiga ta’siri hamda ekologik muammolarga bilvosita ishoralar yoritiladi. Heminguey tabiatni inson hayotining ajralmas qismi sifatida tasvirlab, uni ehtiyot qilish zarurligini ta’kidlaydi. Asarlarda baliq ovining nazoratsiz rivojlanishi, ovchilikning ekologiyaga ta’siri, tabiatning abadiyligi va insonning o‘tkinchiligi kabi muhim jihatlar ochib beriladi. Ushbu maqola Heminguey ijodidagi ekologik motivlarni tahlil qilish orqali adibning tabiatga bo‘lgan munosabatini chuqur anglashga yordam beradi.
Ushbu maqolada, turar joy binolarida gaz ballonlarining portlashi va yong'in xavfsizligi masalalari tahlil qilingan. Tabiiy gaz, asosan metandan iborat bo'lib, portlovchi va yonuvchi xususiyatlarga ega. Maqola gaz ballonlarining turlari, ularning xavfsiz foydalanish qoidalari, hamda gazning havo bilan aralashishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, gaz ballonlarining texnik xususiyatlari, saqlash shartlari va iste'molchilarning ehtiyotkorligi haqida tavsiyalar beriladi. Maqola, shuningdek, gaz ballonlarining to'g'ri foydalanilishi va texnik ko'rikdan o'tkazilishi, potentsial xavf holatlarini oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi.