Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalari tahlil qilinadi. Xususan, “Boburnoma” hamda "Mubayyin" dan olingan fikrlar yordamida hukmdorning mas’uliyati, tartib-intizom va jazolashdagi adolat tamoyili huquqiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. "Boburnoma" — shoh va inson sifatidagi adolat mezonlarining ko‘zgusi. Tadqiqot natijasida, Boburning qarashlarida adolat va qonun ustuvorligi davlat boshqaruvida markaziy ahamiyatga ega ekanligi isbotlanadi.
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, uning huquqiy asoslari, amaliy natijalari va istiqboldagi vazifalari tahlil qilinadi. Yoshlar siyosati mamlakat taraqqiyotining strategik omili sifatida baholanib, ta’lim, bandlik, innovatsiya, ijtimoiy himoya va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi.
Ushbu maqola raqamli bank xizmatlari va fintech-larning zamonaviy bank tizimidagi rolini ilmiy tahlil qiladi. Maqola bank sektorida raqamlashtirish jarayoni, fintech yechimlarining joriy etilishi, ularning samaradorlik, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’siri hamda banklar va texnologik kompaniyalar o‘rtasidagi integratsiyaning rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Natijalar raqamli bank xizmatlari va fintech integratsiyasi banklar resurslarini optimallashtirish, mijozlar bazasini kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada erkin fuqarolik jamiyatida shaxsning huquq va erkinliklari mazmuni, ularning konstitutsiyaviy asoslari, xalqaro huquq normalari bilan uyg‘unligi hamda demokratik jamiyat barqarorligidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, huquq va erkinliklarning kafolatlanishi, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat, fuqarolik jamiyati institutlarining ro‘li hamda huquqiy madaniyatning ahamiyati ochib beriladi. Maqolada inson huquqlarining tabiiy-huquqiy mohiyati va zamonaviy konstitutsionizm sharoitidagi rivojlanish tendensiyalari ham yoritilgan.
Мақолада ёшлар ҳуқуқбузарликлари профилактикасининг асосий халқаро-ҳуқуқий моделлари ва БМТ стандартлари таҳлил қилинган. Тадқиқот доирасида Исландиянинг "муҳитни ўзгартириш", Скандинавия давлатларининг "ижтимоий қўллаб-қувватлаш" ва инглиз-саксон ҳуқуқ тизимининг "диверсия" моделлари қиёсий ўрганилган. Муаллиф халқаро стандартларни (Пекин, Риёд, Токио қоидалари) миллий амалиётга татбиқ этиш орқали профилактика тизимини инсонпарварлаштириш бўйича таклифлар илгари сурган.