Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida ekologik siyosatning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda uning huquqiy asoslari tizimli va ilmiy-tahliliy yondashuv asosida yoritilgan. Tadqiqotda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatda yuzaga kelgan asosiy ekologik muammolar, xususan Orol dengizi inqirozi, atmosfera havosining ifloslanishi, yer va suv resurslarining degradatsiyasi davlat siyosati kontekstida tahlil qilingan.
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz xalq maqollarida mujassam bo‘lgan gender stereotiplari qiyosiy-lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda maqollar orqali erkak va ayol obrazlariga berilgan ijtimoiy baho, ularning jamiyatdagi mavqeyi hamda kutiladigan xulq-atvor me’yorlarini aniqlashga e’tibor qaratiladi. Tahlil jarayonida erkaklar ko‘proq kuch, yetakchilik, qat’iyat va aql bilan bog‘langan holda ifodalansa, ayollar obrazi asosan oilaviy mas’uliyat, sabr-toqat, itoatkorlik va hissiylik kabi xususiyatlar orqali namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Shuningdek, maqolada gender stereotiplarining shakllanishida tarixiy tajriba, madaniy an’analar va ijtimoiy munosabatlarning o‘rni yoritiladi. O‘zbek va ingliz maqollarini qiyoslash orqali umumiy stereotip modellar bilan bir qatorda, har bir xalqning mentalitetiga xos bo‘lgan farqli jihatlar ham ochib beriladi. Tadqiqot davomida tavsifiy, semantik va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar xalq og‘zaki ijodi orqali genderga oid tasavvurlar mustahkamlanishi va avlodlar ongida barqaror stereotiplar shakllanishini ko‘rsatadi.