Ushbu maqolada virtual reallik (VR) texnologiyasining turizm va tibbiyot sohalarida qo‘llanilishining dolzarbligi, ilmiy va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda chet el tajribalari asosida VR texnologiyalarining tibbiy reabilitatsiyada samaradorlik ko‘rsatkichlari foizlarda keltiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida bu texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Natijalarga ko‘ra, VR asosidagi terapiya insultdan keyingi tiklanish jarayonlarida 14-20 % yaxshilanishga olib kelgani, turizm sohasida esa virtual marketing tashabbuslari sayohatga bo‘lgan qiziqishni oshirganini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada xalqaro huquq tizimida davlatlarning javobgarligi institutining shakllanishi va unda xalqaro odat huquqining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif xalqaro odatlarning manba sifatidagi ahamiyatini, ularning davlat amaliyoti va opinio juris orqali shakllanish mexanizmini yoritadi. Maqolada, shuningdek, BMT xalqaro huquq komissiyasi tomonidan 2001-yilda qabul qilingan “Davlatlarning xalqaro huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi maqolalar” hamda xalqaro sud amaliyotining mazkur sohaga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada xalqaro odat huquqi davlatlarning javobgarligini belgilashda muhim manba sifatida e’tirof etilgan.
Mazkur maqolada pedagogik ta’limotlar tarixi fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari ilmiy tahlil etilgan. Unda qadimgi Sharq, Yunon-Rim davrlari, O‘rta asr Sharq allomalari, Yevropa Uyg‘onish davri olimlari hamda zamonaviy pedagogik oqimlarning asosiy g‘oyalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston hududida shakllangan milliy pedagogik an’analar, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari tahlil qilingan. Maqola zamonaviy ta’lim tizimida tarixiy-pedagogik merosdan foydalanishning ilmiy va amaliy ahamiyatini ochib beradi.
Bolalar maktab taʼlimiga tayyor boʻlishi uchun ular nafaqat aqliy va ijtimoiy koʻnikmalarga, balki rivojlangan nutq va muloqot qobiliyatlariga ham ega boʻlishi zarur. Bu zarurat Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti”, “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturida aniq belgilangan. Ushbu jihatlar maqolada tahlil qilingan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining innovatsion transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt, bulutli xizmatlar, blockchain va open banking tizimlarining joriy etilishi orqali banklarning xizmat ko‘rsatish modeli qanday o‘zgarayotgani yoritiladi. Shuningdek, mavjud muammolar – IT infratuzilmasining eskiligi, malakali mutaxassislar yetishmovchiligi, raqamli madaniyatning sustligi va regulyatoriy cheklovlar asosli dalillar bilan ko‘rib chiqiladi. Maqolada transformatsiyani jadallashtirish uchun qonunchilik islohotlari, kadrlar tayyorlash, moliyaviy savodxonlikni oshirish va texnologik yangilanish bo‘yicha takliflar berilgan. Tahliliy yondashuvlar asosida O‘zbekiston bank tizimining raqamli rivojlanish istiqbollari aniqlashtirilgan.