Maktab o‘quvchilarining mehnat va dam olish tartibi gigiyenasi sog‘lom rivojlanish va o‘qish samaradorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi o‘quvchilarning jismoniy, ruhiy va intellektual holatini mustahkamlaydi, charchashning oldini oladi hamda mehnat unumdorligini oshiradi. O‘qish, dam olish, ovqatlanish va uyqu vaqtlarining gigiyenik me’yorlarga muvofiq bo‘lishi bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi. Noto‘g‘ri tartib esa diqqatning susayishi, charchoq va salomatlik buzilishiga olib keladi. Shu sababli o‘quvchilarning mehnat va dam olish jarayonlarini gigiyenik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish tarbiyaviy jarayonning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy metodlardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi, imkoniyatlari muhokama qilib, o‘rganilgan. Bundan tashqari ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy metodlardan foydalanilib namunalar tahlil qilingan.
Mazkur maqolada O’zbekiston ekologiyasida SSSR davrida paydo bo'lgan eng katta muammolardan biri Orol dengizi fojiasini bartaraf etishda Mustaqillik yillaridan boshlab ko’rilgan chora tadbirlar haqida so’z etiladi. Bunda asosan suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik chora-taqbirlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqaro hamkorlik va boshqalar haqida malumot beriladi.