Mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko‘paydi. Mahallaning o‘zida 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam va kreditlar hal etiladi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan "Mahalla yettiligi" va "Hokim yordamchilari" instituti tahlil qilinadi. Maqolada ularning tashkil etilish sabablari, huquqiy asoslari, asosiy vazifalari va amalga oshirgan ishlari batafsil yoritiladi. Shuningdek, tizim joriy etilgach, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Maqola sohaga doir qonunchilik hujjatlariga tayangan holda yozilgan bo‘lib, amaliy natijalar asosida baholashga harakat qilinadi.
Maqolada ijtimoiy shartnoma tushunchasining nazariy asoslari, uning tarixiy shakllanishi va zamonaviy davlat boshqaruvidagi o`rni yoritilgan. O`zbekiston Respublikasida ijtimiy shartnoma tamoyillarini hayotga tadbiq etish yo`llari, mavjud islohatlar, normativ-huquqiy asoslar va fuqorolik jamiyatiga rivojlanishiga ta`siri tahlil qilingan.
Mazkur maqolada oʻzbek tiliga soʻnggi yillarda kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarning ma'nosi, ularning oʻzbek tilida qay tarzda ishlatilishi hamda milliy imlo qoidalariga moslashtirish jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, oʻzlashma soʻzlarning lugʻatlarga kiritilishi uchun zarur boʻlgan mezonlar va ular bilan bogʻliq muammolar yoritiladi, yangi oʻzlashmalarni tilimizga moslashtirishda taklif va tavsiyalar ham beriladi.
В статье рассматривается проблема формирования межкультурной компетенции учащихся в процессе изучения французского языка. Раскрываются теоретические основы понятия межкультурной компетенции, её структура и значение в современном образовании. Особое внимание уделяется возможностям французского языка как средства развития межкультурного понимания. Приведены практические методы и приёмы работы на уроках, направленные на развитие у школьников способности к эффективному взаимодействию с представителями других культур.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari hayotida yangi davr boshlandi. Bu davr jadidchilik harakati bilan bog‘liq bo‘lib, uning asosiy maqsadi – milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik va zamonaviy islohotlar orqali xalqni taraqqiyot sari yetaklash edi. Ayniqsa, ta’lim tizimida chuqur islohotlar zarurligi sezilib, jadidlar bu yo‘nalishda ulkan ishlarga qo‘l urdilar.