HUDUDDA QURILISH FAOLIYATINI BОSHQАRISHDА TADBIRKORLIKNING ROLI

Maqolada hududda qurilish faoliyatini boshqarishda tadbirkorlik faoliyatining roli va o’rni uning echimlari, hamda qurilish majmuasida tadbirkorlikni rivojlantirsa nimalarga e’tibor berish kerakligi va tadbirkorlikni rivojlantirsa qurilishda qanday o’zgarishlar bo’lishi mumkinligi, hamda bugungi kunda tadbirkorlar tamonidan qilinayotgan o’zgarishlar xususidagi ishlarga yondashilgan va hudud qurilishini samarali boshqarishda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish asosida raqobat rivojlanishi negizida nimalar bo’lishi mumkinligi borasida fiklif va tavsiyalar berilgan.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
KO'CHMAS MULKNI BAHOLASHDA SUN'IY INTELLEKT FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada ko'chmas mulkni baholashda sun'iy intellektning roli va uni barqaror shahar rivojlanishiga erishish uchun shaharsozlik boshqaruvida qo'llash imkoniyatlari tadqiq qilingan.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI TURKUM MUAMMOLAR

Maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va raqamli transformatsiya jarayonlari orqali korxona va davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish masalalari o‘rganilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt vositalari iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida jarayonlarni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish sifatini yaxshilash imkonini beradi. Shu bilan birga, raqamli transformatsiya orqali resurslardan foydalanish optimallashtiriladi, ish jarayonlari tezlashadi va iqtisodiy samaradorlik oshadi. Maqolada, shuningdek, raqamli iqtisodiyotning ijtimoiy, moliyaviy va regulyativ jihatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, innovatsiyalarni tatbiq etish va inklyuziv rivojlanish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
IQTISODIYOTNI RAQAMLI BOSHQARUVINING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy mazmuni, mohiyati, uning hozirgi davrda bizga qanchalik zaruriyati borligi va O‘zbekistonda raqamli boshqaruvning bugungi holati haqidagi nazariy qarashlar o‘rganiladi, shuningdek, uning O‘zbekistondagi va xorijdagi holati qiyosiy tahlil qilinadi. Tahlillar asosida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari va rivojlanishiga oid ilmiy taklif va xulosalar ishlab chiqildi.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
KORXONANI TASHQI MUHITINING NOANIQLIGI VAZIYATIDA STRATEGIK BOSHQARUVGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada tashqi muhitning yuqori darajada noaniqligi bilan tavsiflanadigan zamonaviy sharoitda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalardagi strategik boshqaruvning metodologik muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotning ilmiy-amaliy muamosi bo‘lib, mikrodarajada strategik qarorlarni amalga oshirish davrida tashqi muhitda ro‘y beradigan o‘zgarishlar hisoblanadi. Noaniqlik sharoitida strategik menejmentning nazariy va metodologik yondashuvlarini dolzarbligini tahlil etish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. Strategik menejmentning asosiy tamoyillari, iqtisodiy tahlil, korxonalar iqtisodiyoti hamda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarishda noaniqlik konsepsiyasi ushbu maqolaning metodologik asosi hisoblanadi.


10.12.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor