Mazkur maqolada antibiotiklarga rezistentlikning shakllanish mexanizmlari, uning global sog‘liqni saqlash tizimiga ko‘rsatadigan xavfli ta’siri hamda yangi antibakterial terapiya yo‘nalishlarini ishlab chiqish zarurati tahlil qilingan. Antibiotiklarning noto‘g‘ri va nazoratsiz qo‘llanilishi natijasida patogen mikroorganizmlarda genetik o‘zgarishlar sodir bo‘lib, multidori rezistent shtammlar paydo bo‘lmoqda. Bu holat infeksion kasalliklarni davolashni qiyinlashtirib, o‘lim ko‘rsatkichining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois zamonaviy biotexnologiyalar, fagogterapiya, antimikrob peptidlar va sun’iy intellekt asosida yaratilayotgan yangi terapiya yo‘nalishlari global sog‘liqni saqlash tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar va 3D-modellashtirishdan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Mahalliy tadqiqotchilar ishlari asosida fazoviy tafakkurni rivojlantirish, mustaqil fikrlash va kasbiy raqobatbardoshlikni oshirish omillari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy dasturlardan foydalanishda pedagoglarning malakasini oshirish va texnik infratuzilmani takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan.
Mazkur maqolada Shashmaqom san’atining ma’naviy, estetik va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Unda globallashuv sharoitida yoshlarning milliy san’atdan uzoqlashuvi muammosi yoritilib, Shashmaqomni maktab ta’limiga olib kirish zarurati asoslab beriladi. Shashmaqomning musiqiy va falsafiy mazmuni, uning o‘zbek va tojik xalqlarining ruhiy olami, estetik tafakkuri va milliy qadriyatlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan. Maqolada Shashmaqomdagi mavzularning ifodasi, musiqiy g‘oyaning rivojlanish bosqichlari hamda o‘quvchilarni qiziqtirish va musiqaga muhabbat uyg‘otish metodlari bayon qilingan.
Ushbu maqolada siz, musiqa madaniyati inson hayotida shakllanish jarayonlari va o‘rganish bosqichlari bilan nazariy taraflama tanishasiz. Qadriyatlarimiz asosiga qurilayotgan zamonaviy ta’lim dasturlar uchun musiqa madaniyatining ahamiyati to‘g‘risida fikr va mulohazalar olib boriladi. O‘sib ulg‘ayayotgan yoshlarimizda ta’lim-tarbiya, musiqiy did, estetik qarashlar, ruhiy barkamollikni to‘g‘ri tarbiyalash va rivojlantirish, bundan unumli foydalanish to‘g‘risidagi fikrlarim bilan tanishasiz. Musiqiy muhitning inson ruhiyati, tafakkur olamidagi o‘rni xaqida turli fikrlarni birgalikda taxlil qilamiz. Mehnat faoliyatim davomida yuzaga kelgan fikr, mulohazalarim, musiqiy madaniyatning turli tadqiqot na’munalari bilan bo‘lishib o‘taman.
Mazkur maqolada tijorat banklarida raqamli depozit xizmatlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning amaliy ahamiyati keng qamrovda tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya jarayonida omonat operatsiyalarining elektron platformalarga o‘tkazilishi bank faoliyatida samaradorlikni oshirishi, mijozlar uchun vaqt va mablag‘ tejalishini ta’minlashi, shuningdek, moliyaviy shaffoflik va hisob-kitoblarning aniqligini kuchaytirishi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, raqamli depozitlar bo‘yicha hisob yuritish mexanizmlari, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS 9) asosida foizlarni hisoblash, risklarni baholash hamda kiberxavfsizlik choralarini qo‘llash masalalari yoritilgan. Xalqaro tajriba, xususan AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida raqamli depozit xizmatlarining qo‘llanilish darajasi, O‘zbekiston amaliyoti bilan qiyosiy tahlil qilinib, so‘nggi yillarda milliy bank tizimida ushbu xizmatlarning jadal o‘sishi raqamlar va statistik ko‘rsatkichlar orqali asoslab berilgan. Shu bilan birga, raqamli depozit xizmatlarining kengayishi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar – infratuzilma yetishmovchiligi, kiberxavfsizlik xatarlarining ortishi va moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi kabi omillar ham batafsil ko‘rib chiqilgan.