IMOM BUXORIY ASARLARINING XORIJDA O'RGANILISHI

Ushbu maqolada islom olamining buyuk muhaddisi Imom Buxoriyning asarlari, xususan, 'Sahih al-Buxoriy'ning xorijiy mamlakatlardagi mashhur universitetlarda o'rganilishi va tadqiq qilinishi yoritiladi. Shuningdek, chet ellik olimlarning Imom Buxoriy merosi haqidagi ilmiy ishlari tahlil qilinadi va ulardan iqtiboslar keltiriladi.


14.05.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONDA “OPEN BANKING” BANK BIZNES MODELIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLI

Ushbu ilmiy maqola O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida zamonaviy raqamli transformatsiya jarayonlari doirasida “Open Banking” — ochiq bank xizmatlari modelining joriy etilishi va rivojlanish istiqbollarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada avvalo Open Banking modelining nazariy mohiyati, funksional komponentlari, global moliyaviy texnologiyalar bilan aloqasi va mijoz markazlashgan yondashuvga asoslanganligi chuqur tahlil qilinadi. Xususan, Yevropa Ittifoqida PSD2 direktivasi asosida shakllangan tizim, Osiyo mamlakatlarida bank-fintech integratsiyasi va AQShda bozor asosida rivojlangan ochiq moliyaviy ekotizim misollarida xalqaro amaliyot o‘rganiladi. O‘zbekiston kontekstida Open Banking’ning huquqiy asoslari, infratuzilmaviy tayyorgarlik holati, Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan raqamli moliya siyosatlari, shuningdek, tijorat banklarining — jumladan “O‘zmilliybank” AJning — raqamli platformalarga o‘tish tajribasi muhokama qilinadi. Mijoz ma’lumotlarini himoya qilish, kiberxavfsizlik, API almashinuvi, fintech startaplar bilan hamkorlik va banklararo raqobat kabi elementlar tizimli tarzda tahlil etiladi.


12.05.2025 Volume Issue View more Download
KARDIOONKOLOGIYA: YURAK VA O‘SMA KASALLIKLARI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK

Kardioonkologiya – bu yurak-qon tomir tizimi va onkologik kasalliklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganadigan tibbiyot sohasi bo‘lib, bugungi kunda juda muhim ilmiy-amaliy yo‘nalishga aylanmoqda. Ushbu maqolada kardioonkologiyaning mazmuni, yurak va o‘sma kasalliklarining umumiy xavf omillari, shuningdek, onkologik davolash jarayonida yuzaga keladigan kardiotoksik ta’sirlar yoritilgan. Kimyoterapiya, radioterapiya va yangi davo usullarining yurakka salbiy ta’siri, yurak kasalliklarining rivojlanish mexanizmlari va ularni aniqlash usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, profilaktika, monitoring va kardiolog-onkolog mutaxassislar hamkorligining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada kardioonkologiya sohasining O‘zbekistonda va jahon miqyosida rivojlanish istiqbollari ham muhokama qilinadi.


12.05.2025 Volume Issue View more Download
RODION KONSTANTINOVICH SHEDRIN IJODIDA ANʼANA VA ZAMONAVIY UYG‘UNLIK

Ushbu maqolada zamonaviy rus kompozitori Rodion Shedrin ijodida anʼanaviy va zamonaviy musiqa uyg‘unligi tahlil qilinadi. Rodion Shedrinning xalq musiqasi, klassik rus kompozitorlari va provaslav diniy musiqasidan ilhom olgan holda yaratgan asarlarida qanday zamonaviy kompozitsion texnikalarni qo‘llagani yoritiladi.


12.05.2025 Volume Issue View more Download
AI-POWERED RISK ASSESSMENT IN FINTECH LENDING PLATFORMS

This article explores how artificial intelligence (AI) is revolutionizing credit risk assessment in financial technology (Fintech) lending platforms. By analyzing large datasets in real-time, AI systems enhance accuracy, reduce bias, and expand access to credit. The research incorporates global insights from organizations like the IMF, World Bank, and BIS, along with examples from emerging Fintech ecosystems, including Uzbekistan. The paper also examines regulatory challenges, data privacy concerns, and practical recommendations for implementing AI in a responsible and inclusive way.


12.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor