O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy sudi bu ma’muriy munosabat subyektlari o’rtasida kelib chiqqan nizolarni hal qiluvchi sud tizmi hisoblanadi. Dastlab 2016-yil 21-oktabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan PF-4820 “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonida ma’muriy sudlarni tashkil etish to’g’risida ham takidlab o’tgan va 2017-yil 2-choragida O’zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlar o’z faoliyatini boshladi.
Mazkur maqolada Imom Termiziyning hadis ilmiga qoʻshgan beqiyos hissasi, uning nazariy va amaliy yondashuvlari, tarixiy va mintaqaviy ahamiyati, shuningdek, zamonaviy ilmiy izlanishlarda Termiziy merosining oʻrni har tomonlama tahlil qilinadi. Maqolada hadis ilmining rivojlanishida Termiziy maktabining oʻziga xos xususiyatlari, uning hadislarni tanqidiy o‘rganishdagi metodologiyasi, shuningdek, u yaratgan asarlarning bugungi ilmiy jamoatchilik uchun dolzarbligi yoritiladi. Tadqiqot natijalari asosida ilmiy-amaliy tavsiyalar keltiriladi.
Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida raqamli texnologiyalarning xizmatlar sifatiga, iqtisodiy samaradorlikka va raqobatbardoshlikka ta’siri ko‘rib chiqiladi. Elektron xizmatlar, raqamli platformalar va sun’iy intellektning xizmatlar sektoridagi o‘rni yoritiladi. Raqamlashtirish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish yo‘llari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalar xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishida muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimida atrof-muhit bo‘yicha inson huquqlari shakllanishining tarixiy-huquqiy bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Ikkinchi jahon urushidan keyingi global ekologik vaziyat, 1972-yilgi Stokgolm konferensiyasi, 1982-yilgi Tabiatning Butunjahon Xartiyasi hamda 1987-yilgi Brundtland komissiyasi hisobotining barqaror rivojlanish doktrinasidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, 1992-yilgi Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi va "Agenda 21" strategiyasining ekologik huquqlarni inson huquqlari tizimiga integratsiya qilishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqola yakunida xalqaro ekologik standartlarning milliy qonunchilikni modernizatsiya qilishdagi doktrinal ahamiyati yuzasidan xulosalar keltirilgan.