Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozada” asari ziyorat odoblari, Buxoro shahri va uning atrofida dafn etilgan yoki maqbaralari joylashgan 160 ga yaqin ulug‘ ulama, faqih, so‘fiy, qozi, olim, podshoh, sulton va boshqalar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beruvchi asar bo‘lib, mazkur tadqiqot ishida ushbu asarning yozilish sabablari hamda undan ko‘zlangan maqsad, asarning tuzilishi, qo‘lyozma nusxalari borasida ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu maqolada badiiy asarlarda uchraydigan tabiat tasvirlarining xorijiy tillarga tarjima qilinishida yuzaga keladigan lingvistik, madaniy va uslubiy muammollar tahlil qilinadi. Muallif Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, J. Steinbeck kabi yozuvchilarning asarlaridagi tabiat obrazlarini komparativ, semiotik va korpus lingvistik usullari yordamida solishtiradi. Tadqiqot natijalarida ekzotik atamalar (masalan, "qumqo‘g‘on"), grammatik tuzilmalar va madaniy konnotatsiyalar (yomg‘ir, qor kabi tushunchalarning turli madaniyatlarda talqini) kabi murakkab masalalar ko‘rib chiqilgan. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish uchun transliteratsiya, izohli tarjima va madaniy ekvivalentlardan foydalanish kabi amaliy strategiyalar taklif etiladi. Tadqiqot tarjima nazariyasi, madaniyatlararo muloqot va adabiyotshunoslik sohalariga qiziqadigan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Ushbu maqolada O‘zbek alifbosining zamonaviy texnologiyalar va raqamli transformatsiya jarayonlaridagi o‘rni tahlil qilinadi. Alifboni isloh qilish yoki mavjud variantini takomillashtirish masalalari yangi texnologiyalar, ilmiy yondashuvlar va jamiyat ehtiyojlari nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari va global integratsiyaga mos metodlar tahlil qilinadi.
Bul maqalada rus tili hám rus tili arqalı Evropa tillerinen kirip kelgen ayırım kiyim-kenshek atamaları haqqında maǵlıwmat berilgen. Atap aytqanda, rus tilinen ózlestirilgen kiyim atamalarınıń kelip shıǵıw tariyxı, olardıń qollanılıw ózgeshelikleri hám xalıqlar mádeniyatına tasiri aytıp ótilgen. Sonday-aq bul kiyim-kenshek atamalarınıń maqalada tariyxiy shıǵarmalardan mısallar keltirilip, bul atamalardıń qanday kontekstte qollanılıwı analiz etilgen.