ONA TILIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING IMKONIYATLARI VA PEDAGOGIK MUAMMOLAR

Ushbu maqolada ona tilida nutq madaniyatini shakllantirishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, imkoniyatlari va yuzaga kelayotgan pedagogik muammolar tahlil qilinadi. Raqamli vositalarning nutq madaniyati rivojiga ta’siri, o‘qituvchilarning raqamli savodxonlik darajasi, texnik infratuzilma muammolari hamda ijtimoiy-psixologik jihatlar ko‘rib chiqiladi. Maqola raqamli va an’anaviy ta’lim usullarining uyg‘unligini ta’kidlab, pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish zaruratini ko‘rsatadi.


22.09.2025 Volume Issue View more Download
BOSH SOHASINING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI VA OPERATIV XIRURGIYASI

Ushbu fan bosh sohasining murakkab anatomik tuzilishi, topografik munosabatlari hamda operativ jarrohlik tamoyillarini o‘rganishga qaratilgan. Fan doirasida boshning yumshoq to‘qimalari, suyak tuzilmalari, qon va limfa tomir tizimi, asab tolalari va funksional ahamiyatga ega bo‘lgan tuzilmalar batafsil tahlil qilinadi.Topografik anatomiya bosh sohasining turli qismlarida joylashgan tuzilmalarning o‘zaro munosabatlarini, patologik jarayonlarning tarqalish yo‘nalishlarini hamda jarrohlik amaliyoti uchun zarur bo‘lgan aniq anatomik yo‘nalishlarni belgilashga yordam beradi.Operativ xirurgiya esa bosh sohasida amalga oshiriladigan turli jarrohlik muolajalarini, ularning bajarilish texnikasini, minimal invaziv usullar va zamonaviy jarrohlik yondashuvlarini o‘rganadi. Shu bilan birga, operativ aralashuvlar vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va ularni oldini olish usullari ham ko‘rib chiqiladi.Fan tibbiyotning neyroxirurgiya, plastik va rekonstruktiv jarrohlik, travmatologiya va stomatologiya kabi yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, talabalarga, shifokorlarga va tadqiqotchilarga amaliyotda muhim bo‘lgan chuqur bilimlar beradi.


22.09.2025 Volume Issue View more Download
IRAN’S FOREIGN POLICY EVOLUTION: IDEOLOGICAL FOUNDATIONS AND INSTITUTIONAL DYNAMICS

The article analyzes the transformation of Iran’s foreign policy strategy from the Islamic Revolution of 1979 to the early decades of the twenty-first century. Particular focus is placed on how domestic reforms, constitutional changes, and shifting geopolitical conditions shaped Tehran’s external orientation. The study highlights the central role of the Supreme Leader, whose broad constitutional powers allow him to define national priorities, supervise their implementation, and intervene directly in political institutions. It further examines the contributions of the President, the Parliament (Majles), the Foreign Ministry, and constitutional councils to policy formulation. The paper traces key stages of Iranian diplomacy under Rafsanjani’s pragmatic reconstruction, Khatami’s “Dialogue Among Civilizations,” Ahmadinejad’s confrontational justice-centered approach, and Rouhani’s moderate, economically oriented strategy culminating in the JCPOA. Overall, the research demonstrates how Iran’s foreign policy continuously balances ideology and pragmatism to strengthen national interests and ensure regional leadership.


22.09.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEK MILLIY MUSIQASINING ZAMONAVIY TALQINI

Mazkur maqolada o‘zbek milliy musiqasining shakllanish jarayoni, uning tarixiy ildizlari va bugungi kunda zamonaviy san’at talablari asosida qayta talqin qilinishi masalalari tahlil qilinadi. Global madaniy jarayonlar ta’sirida milliy musiqaning o‘zgarish xususiyatlari, an’anaviy kuy-qo‘shiqlarning estrada, simfonik va elektron musiqaga uyg‘unlashtirilishi o‘rganiladi. Shuningdek, milliy musiqaning yosh avlod ongida tarbiyaviy ahamiyati va uning madaniy identitetni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi.


22.09.2025 Volume Issue View more Download
ЁШЛАР ҲУҚУҚБУЗАРЛИГИ ФЕНОМЕНИ: НАЗАРИЙ-ҲУҚУҚИЙ ТАБИАТИ, ТИЗИМЛИ БЕЛГИЛАРИ ВА КЛАССИФИКАЦИЯЛАШ МЕЗОНЛАРИ

Мақолада ёшлар ҳуқуқбузарлиги жамиятдаги мураккаб ижтимоий-ҳуқуқий феномен сифатида таҳлил қилинади. Тадқиқотда “Янги Ўзбекистон” ислоҳотлари шароитида ёшлар масаласининг давлат сиёсатидаги стратегик устуворлиги ва профилактика ёндашувларини замонавийлаштириш зарурати асосланади. Ёшлар ҳуқуқбузарлигининг назарий-ҳуқуқий табиати ижтимоийлашувдаги узилишлар, ҳуқуқий онг деформацияси, аномия ҳолатлари, ижтимоий назорат институтлари самарадорлиги каби омиллар билан боғлиқ ҳолда ёритилади. Шунингдек, ёшлар ҳуқуқбузарлигини классификациялаш мезонлари (шахсий-психологик, институционал, ҳудудий, виктимологик ва гендер) ҳамда ахборот маконидаги янги таҳдид — “кибер-девиантлик”нинг криминологик аҳамияти таҳлил қилинади. Хулосада ёшлар ҳуқуқбузарлигини аниқ мезонлар асосида таснифлаш ва профилактика механизмларини, айниқса рақамли муҳитдаги ҳамкорлик ва мониторингни такомиллаштириш бўйича концептуал йўналишлар таклиф этилади.


20.09.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor