MADANIYAT VA SHAXSNING O’ZARO MUNOSABATLARI

Ushbu maqolada madaniyat va shaxs tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Shaxsning shakllanishida madaniyatning o‘rni, xususan oila, ta’lim, diniy va milliy qadriyatlar, ommaviy axborot vositalarining ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, madaniyatning shaxsni shakllantirishdagi roli bilan bir qatorda, shaxsning madaniyatni boyitishdagi ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada tarixiy va zamonaviy misollar orqali shaxs va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asoslanadi.


18.10.2025 Volume Issue View more Download
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA SUN’IY INTELEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, afzalliklari hamda xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning individual o‘quv trayektoriyasini yaratish, o‘quv jarayonini optimallashtirish, shuningdek, o‘qituvchining metodik faoliyatini yengillashtirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.


18.10.2025 Volume Issue View more Download
YADRO REAKSIYALARIDA KVANT VAQT O‘LCHOVLARINING REAKSIYA KINETIKASIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISH

Ushbu ishda yadro reaksiyalari kinetikasiga kvant vaqt o‘lchovlarining (o‘lchashning kuchi/tebratish chastotasi, detektorlar dead-time va gating parametrlari) ta’siri operatsion (POVM) va dinamik (Zeno/anti-Zeno) nuqtai nazardan o‘rganiladi. Teoretik jihatdan compound nucleus (Hauser–Feshbach), R-matritsa va Feshbach proyeksiya operator rasmida reaksiya tezliklari bilan survival ehtimoli o‘rtasidagi bog‘lanish chiqarilib, qisqa vaqt rejimida nostandart (no-ekspotsial) parchalanish va takroriy kuzatuv tufayli Zeno yoki anti-Zeno effektlarining paydo bo‘lish shartlari aniqlanadi. Eksperimental dizayn sifatida impulsli neytron nuri, tez taymlash (LaBr3:Ce) detektorlari va raqamli akvizitsiya asosida o‘lchash kuchini gating va trigging bilan boshqarish taklif etiladi. Natijalar reaksiya tezligining o‘lchov intervali bilan chiziqli-bo‘lmagan bog‘lanishini, shuningdek, detektor-induktsiyalangan bo‘rttirish/so‘ndirish mexanizmlarini ko‘rsatadi (2-rasm, 3-rasm). Ish yadro kinetikasida vaqt o‘lchovi parametrlari muhim boshqaruv tutqichi bo‘lishi mumkinligini namoyon etadi.


18.10.2025 Volume Issue View more Download
EKOLOGIK MUHIT VA IRSIY KASALLIKLAR O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK

Ekologik muhit omillari, jumladan ifloslanish va zararli kimyoviy moddalarning inson genetik materialiga ta’siri irsiy kasalliklar yuzaga kelish xavfini oshiradi. Atrof-muhit sharoitlari va genetik moyillik kasalliklarning rivojlanishida birgalikda muhim rol o’ynaydi. Profilaktik choralar orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash va irsiy kasalliklarning oldini olish mumkin. Tadqiqotlar sog’lom avlodni shakllantirishda ekologik omillarning ahamiyatini ko’rsatadi.


18.10.2025 Volume Issue View more Download
ABU RAYHON BERUNIY – O‘RTA ASR SHARQINING BUYUK OLIMI

Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning hayoti, ilmiy faoliyati, asarlari, ilmiy-metodologik qarashlari hamda uning bugungi kunda O‘zbekiston ilm-fani rivojidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada Beruniy ilmiy merosining qadri, uning tabiiy fanlar, matematika, astronomiya va falsafadagi yondashuvlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan.


17.10.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor