Orthodontic treatment with fixed appliances remains one of the most widely used approaches for correcting malocclusion, but it is consistently associated with clinically significant changes in enamel integrity. White spot lesions (WSLs), representing the earliest clinical manifestation of enamel demineralization, are frequently observed during multibracket therapy and may negatively affect both esthetic outcomes and long-term caries risk [1,2]. Recent systematic reviews indicate that the prevalence of WSLs during orthodontic treatment remains high worldwide, confirming the persistent clinical relevance of this complication [1].
Mazkur ilmiy maqolada Kushonlar davrida Eski Termiz qal’asi atrofida barpo etilgan budda ibodatxonalari tarixi, ularning shakllanish omillari, me’moriy tuzilishi hamda diniy-madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida Eski Termiz hududida joylashgan Qoratepa, Fayoztepa va Zo’rmola kabi yodgorliklar misolida buddaviylikning Markaziy Osiyodagi taraqqiyot bosqichlari yoritiladi. Shuningdek, Kushonlar davlati hukmdorlarining diniy bag‘rikenglik siyosati, Buyuk Ipak yo‘li orqali amalga oshgan madaniy almashinuv va hind-baqtriya san’at an’analari sintezi ilmiy asosda tahlil etiladi.
В настоящей научной статье проводится теоретико-общественный анализ коррупции в сфере экологии, с позиции громко поставленного вопроса – является ли эта проблема распространенным практическим явлением в жизни, или она является теоретической вероятностью. Целью исследования является определение конкретных практических примеров, где так или иначе коррупция могла проявиться в виде отдельных коррупционных рисков. Методами исследования является контент-анализ, индукция, дедукция, обобщение, прогнозирование и некоторые другие способы определения ключевых теоретических положений в научной статье. Результатом исследования являются выводы и общие теоретические предложения по усилению научного внимания к такой проблеме, как коррупция в сфере экологии. Экология сегодня является приоритетным направлением развития государственной политики, а значит, коррупции, как заболеванию, подвержена и государственная экологическая политика, что соответственно необходимо выявлять, а впоследствии проводить мероприятия по противодействию коррупции как к негативному социально-правовому явлению.
Ushbu maqolada o‘zbek xalq shoiri, dramaturg, pedagog va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziyning (1889–1929) shaxs sifatida shakllanish jarayoni va pedagogik qarashlari evolyutsiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqotda Hamzaning bolaligi, o‘smir davri, ma’rifatchilik faoliyatining boshlanishi, yangi usul maktablarini tashkil etishi hamda uning pedagogik tizimining bosqichma-bosqich rivojlanishi tarixiy-pedagogik tahlil metodlari asosida o‘rganilgan. Maqolada Hamza pedagogik qarashlari evolyutsiyasining uch asosiy bosqichi ajratib ko‘rsatilgan: an’anaviy ta’limdan norozilik va ma’rifatga intilish bosqichi, yangi usul maktablari tashkil etish va amaliy pedagogik faoliyat bosqichi hamda yetuk pedagogik tizim shakllanishi bosqichi. Tadqiqot natijalari Hamza merosining zamonaviy ta’lim islohotlari kontekstida dolzarbligi va ahamiyatini ilmiy asoslashga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida baholashning didaktik tamoyillari va ularning tasnifi masalasi ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Didaktik tamoyillarning tarixiy rivojlanishi, zamonaviy talqini va elektron baholash tizimlariga tatbiq etish mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda oltita asosiy didaktik tamoyil – ilmiylik, tizimlilik, ko‘rgazmalilik, tushunarlilik, mustahkamlik va individual yondashuv – aniqlangan va ularning elektron muhitda qo‘llanishi mexanizmlari asoslangan. Shuningdek, beshta qo‘shimcha tamoyil belgilangan va ularning an’anaviy hamda zamonaviy ta’lim sharoitlaridagi roli ko‘rsatilgan. Tajriba-sinov natijalari didaktik tamoyillar asosida loyihalangan baholash tizimining samaradorligini tasdiqlagan.