30.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada Buxoro vohasining arxeologiyasi va etnografiyasi rusiyzabon mualliflar asarlari asosida tahlil qilinadi. Unda Xanikov, Pashino, Grebenkin, Mayev, Krestovskiy, Logofet va Nalivkinning Buxoro shahar hayoti, bozorlar, diniy muhit, kiyim-kechak, hunarmandchilik va ijtimoiy qatlamlar haqidagi qarashlari qiyosiy o‘rganiladi. Shuningdek, Narshaxiy ma’lumotlari, Zamonbobo, Qujayli va Varaxsha yodgorliklari asosida vohaning qadimgi taraqqiyoti, dehqonchilik, chorvachilik va shaharlashuv jarayonlari yoritiladi.
Keywords: Buxoro vohasi, arxeologiya, etnografiya, rusiyzabon mualliflar, Xanikov, Zamonbobo, Varaxsha, shahar madaniyati, hunarmandchilik, shaharlashuv.