Bul maqalada til biliminde kórkem tekst quramın baylanıstırıwshı birlikler esaplanǵan parcellyaciyalıq konstrukciyalardıń qollanılıwı sóz etiledi. Parcellyaciyalardıń qollanılıw ózgesheligi tekst quramında mısallar menen kórsetilgen. Olardıń mánisi, ózgeshelikleri ilimiy tiykarda ashıp berilgen.
Uzbekistan faces the dual challenge of meeting Paris Agreement commitments while sustaining production from aging oil fields. CO₂-enhanced oil recovery (CO₂ EOR)—particularly Water Alternating Gas (WAG), cyclic Huff and Puff, and hybrid chemical assisted flooding—offers a pathway to increase oil recovery and permanently store CO₂. This review systematically evaluates these methods for Uzbekistan’s Amu Darya and Fergana basins. WAG is well suited to conventional waterflooded reservoirs; Huff and Puff fits tighter formations; hybrid methods require local validation. Major barriers remain—no CO₂ transport network, no legal pore space framework, and lacking rock fluid data. The paper provides a practical roadmap for pilots, policy, and research, helping Uzbekistan turn CO₂ EOR into a realistic decarbonization tool.
Mazkur maqolada Islom dinining xalqaro aloqalar va diplomatik munosabatlardagi tutgan o‘rni tarixiy hamda nazariy jihatdan tahlil qilingan. Unda islomiy diplomatiyaning asosiy tamoyillari — tinchlikparvarlik, shartnomalarga sodiqlik, elchilar daxlsizligi va muzokaralar orqali muammolarni hal etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, Hudaybiya sulhnomasi, Arab xalifaligining Movarounnahrdagi diplomatik faoliyati, Talas jangi hamda Temuriylar davridagi xalqaro munosabatlar misolida islomiy diplomatiyaning tarixiy tajribasi ko‘rib chiqilgan. Maqolada Islomning Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlar tizimiga ko‘rsatgan ta’siri va zamonaviy diplomatiya bilan uyg‘un jihatlari ilmiy manbalar asosida ochib berilgan.
Ushbu maqolada qoraqalpoq xalqining an’anaviy liboslari XIX–XX asrlar davomida tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar ta’sirida qanday o‘zgarib borgani yoritiladi. Xomashyo turlari, mato ishlab chiqarish, teriga ishlov berish, kashtachilik san’ati hamda rang va naqshlarning ramziy ma’nolari tahlil qilinadi. Shuningdek, erkaklar va ayollar kiyim majmualarining tarkibi hamda modernizatsiya davrida yuz bergan transformatsiyalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida qoraqalpoq liboslari etnik o‘zlikni ifodalovchi muhim madaniy qatlam ekani va zamonaviy davrgacha uzviy rivojlanib kelgani asoslab beriladi.
Ushbu maqolada Mengnor Ollomurod she’riyatidagi lirik qahramon va obrazlar xarakteri tahlil qilinadi. Shoir ijodida inson qalbining ruhiy iztiroblari, ma’naviy inqiroz, haqiqat va adolat izlash motivlari yetakchi o‘rin egallashi yoritilgan. Tadqiqotda “Sahrolarning sarobida”, “Bir nokas ko‘nglimni…”, “Ko‘nglimni sindirdi…” kabi she’rlar misolida lirik qahramonning ichki kechinmalari, iztirob va umid o‘rtasidagi ruhiy holati poetik jihatdan tahlil etiladi. Shuningdek, shoirning metafora, antiteza, kinoya va simvolik obrazlardan foydalanish mahorati ochib beriladi. Maqolada xalqona til unsurlari bilan mumtoz she’riyat an’analarining uyg‘unlashuvi Mengnor Ollomurod uslubining muhim xususiyati sifatida baholanadi. Tadqiqot natijasida shoir yaratgan lirik qahramon obrazida zamonaviy insonning ma’naviy qiyofasi, ijtimoiy qarashlari va ruhiy olami aks etishi asoslab beriladi.