06.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada Qoraqalpogʻiston tarixi darslarida qadimiy qal’alar va arxeologik yodgorliklardan samarali foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Tarix ta’limida moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va tarixiy voqealarni chuqurroq anglash imkonini beradi. Maqolada Qoraqalpogʻiston hududidagi qadimiy qal’alar hamda arxeologik yodgorliklarning ta’limiy ahamiyati, ularni dars jarayoniga integratsiya qilish usullari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar va ekskursiyalar yoritilgan. Shuningdek, tarix fanini o‘qitishda mahalliy tarixiy manbalardan foydalanishning afzalliklari ham ko‘rsatib berilgan.
Keywords: Qoraqalpogʻiston tarixi, qadimiy qal’alar, arxeologik yodgorliklar, tarix ta’limi, metodika, moddiy madaniy meros, tarixiy tafakkur, ekskursiya, interfaol metodlar, vatanparvarlik tarbiyasi.