Ushbu maqolada dinshunoslik va falsafa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Dinshunoslikning diniy e’tiqod, marosim va matnlarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganishi, falsafaning esa aql-idrok va mantiq orqali haqiqatni izohlashga intilishi ochib berilgan. Falsafa va dinshunoslikning umumiy va farqli jihatlari tarixiy va zamonaviy misollar asosida yoritilgan. Ayniqsa, musulmon mutafakkirlar — Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy va Ibn Rushd qarashlari orqali bu ikki fan o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritilgan. Maqolada zamonaviy davrda dinshunoslik va falsafa integratsiyasi, ularning insoniyat tafakkuridagi o‘rni ham ko‘rsatib beriladi.
Mazkur maqolada hadislarda bayon etilgan ta’lim va tarbiya masalalari tahlil qilinadi. Rasululloh Muhammad (s.a.v.)ning hadislari asosida ilm olish, axloqiy tarbiya, oilaviy mas’uliyat, ustoz-shogird munosabatlari hamda ijtimoiy muomala madaniyati kabi mavzular yoritilgan. Hadislar orqali insonning ma’naviy barkamollikka erishishidagi yo‘llar ko‘rsatiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim-tarbiyaga hadislarning qanday tadbiq etilishi mumkinligi haqida ham fikr yuritiladi. Maqola islomiy tarbiyaning universal qadriyat sifatidagi o‘rni va ahamiyatini ochib beradi.
Ushbu maqolada diniy ekstremizm tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari, jamiyatga ta’siri hamda unga qarshi kurashishning samarali usullari tahlil etilgan. Muallif diniy ekstremizmga qarshi kurashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning, huquqiy chora-tadbirlarning, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning va axborot xavfsizligining o‘rni haqida fikr yuritadi. O‘zbekiston tajribasi misolida diniy bag‘rikenglik va sog‘lom diniy muhitni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maqola diniy mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish yo‘llarini izlovchi ilmiy-ommabop manba sifatida xizmat qiladi.
Ushbu maqolada dinshunoslik fanining mohiyati va ma’naviy qadriyatlarning shakllanishidagi roli tahlil qilinadi. Maqola din va ma’naviyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni, shuningdek, dinshunoslikning jamiyat axloqiy rivojidagi ahamiyatini yoritishga qaratilgan. Asosiy e’tibor tarixiy tajribalar, zamonaviy o‘zgarishlar va O‘zbekiston misolida diniy-ma’naviy qadriyatlarning saqlanishi va rivojlanishi masalalariga qaratilgan.
Mazkur maqolada din va ma’naviy kamolot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritib berilgan. Islom dini inson qalbini poklash, axloqiy barkamollikka erishish hamda jamiyatda ezgulikni qaror toptirishda muhim omil sifatida talqin etiladi. Maqolada Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida ma’naviy yetuklik mezonlari tahlil qilinib, buyuk allomalar va ajdodlarimizning ibratli hayoti orqali ushbu tushunchaning tarixiy ildizlari ochib berilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda din va ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash borasidagi sa’y-harakatlar ham yoritilgan. Maqola jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda dinning o‘rni va ahamiyatini chuqur anglashga xizmat qiladi.